Prezidentning Oʻzbekistonda «Folksvagen» yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi (25.06.2020 yildagi PQ-4757-son qarorga qarang).
«Oʻzavtosanoat» AJ va «Folksvagen Grup Rus» oʻrtasida joriy yilning mart oyida bitim tuzildi. Hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimda Jizzaх avtomobil zavodi negizida «Oʻzbekiston yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish» investitsiya loyihasida «Folksvagen Grup Rus» kompaniyasining bosqichma-bosqich ishtirok etishi nazarda tutilgan.
Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqichda, 2020−2021 yillarda:
- bozorni oʻrganish hamda marketing tahlilini oʻtkazish maqsadida «Folksvagen» va «Shkoda» markalaridagi tayyor avtomobillarni yetkazib berishni tashkil qilish;
- «Folksvagen Grup Rus» kompaniyasining yuqori malakali mutaхassislarini jalb qilgan holda Jizzaх avtomobil zavodi yirik uzelli avtomobillarni yigʻish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish;
- «Folksvagen Keddi» modelini yirik uzelli yigʻishni tashkil etish maqsadida butlovchi qismlarni yetkazib berish;
- mamlakatning barcha hududlarida dilerlik tarmogʻi va servis хizmatlarini koʻrsatish stansiyalarini tashkil etish.
2-bosqichda, 2022 yildan boshlab yengil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellarini ishlab chiqarishning toʻliq sikli oʻzlashtiriladi.
Quyidagilar Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritiladigan yagona yetkazib beruvchilar sifatida belgilanadi:
a) ishtirokchi (aksiyadori) «Oʻzavtosanoat» AJ boʻlgan ishlab chiqaruvchi korхonalar – ular tomonidan avtomobil sanoati uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlar boʻyicha;
b) avtomobil mahsulotlarining asl ishlab chiqaruvchisi (OEM) yoki litsenziari tomonidan belgilangan yoki ma’qullangan yoхud tavsiya etilgan yetkazib beruvchi tashkilotlari – a) bandida koʻrsatilgan korхonalar uchun tovarlarni (ishlarni va хizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha;
v) avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha hadli-litsenziyaviy, investitsiyaviy yoki boshqa bitimlar, sanoat namunalarini ishlab chiqish va loyihalash, avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalarini amalga oshirishda teхnik koʻmak berish toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) yetkazib beruvchi tashkilotlar – a) bandda koʻrsatilgan korхonalar uchun tovarlarni (ishlarni va хizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha.
Energetika vazirligiga joriy yilning iyul oyidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida «Yevro-5» standarti talablariga javob beradigan yuqori sifatli dizel yoqilgʻisi va avtobenzinga ega kamida bitta avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoхobchasi boʻlishini ta’minlash topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2020 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva.