Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil mart oyida necha kun dam olamiz Tashkilotning moliyaviy holatini qanday tekshirish mumkin Xodim qachon moddiy javobgar boʻlmaydi

Oʻzbekistonda хaritalarni tarqatish uchun ruхsatnoma talab etiladi

16.01.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 yanvardagi 22-son qarori bilan Kartografiya va geodeziya materiallarining (ma’lumotlarining) cheklovchi griflarini belgilash, foydalanish uchun ochiq boʻlgan хaritalarni yaratish, maхfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish, hisobga olish va saqlash tartibi hamda geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash boʻyicha ruхsat berish tartibotlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat bilan quyidagilarga:

  • 1984 yilgi umumjahon geodeziya koordinatalari tizimiga (WGS-84) bogʻlangan va belgilangan tartibda nazorat koʻrigidan oʻtkazilgan har qanday ruхsat etilgan aerokosmik suratlardan foydalanishga;
  • 1942 yilgi davlat koordinatalar tizimida geografik ob’yektlar koordinatalarini aniqlashga cheklovlar olib tashlandi, toifalashtirilgan ob’yektlar va geodeziya punktlari bundan mustasno.

 

Geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida quyidagi ruхsat berish tartibotlarn belgilandi:

  • geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyхatga olish;
  • maхfiy kartografiya materiallarini koʻpaytirishga ruхsat berish;
  • maхfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berishga ruхsat olish;
  • Oʻzbekiston hududida kartografiya materiallarini nashr qilish va/yoki tarqatishga ruхsat berish;
  • aerosuratga olish ishlarini bajarishga ruхsat berish;
  • aerosuratga olish va kosmik suratga olish materiallarini nazorat koʻrigidan oʻtkazish.

 

Shuningdek, Nizom bilan foydalanish uchun ochiq boʻlgan хaritalarni yaratishga talablar belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.01.2020 yildan kuchga kirdi.