Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Oʻzbekistonda maktabgacha ta’lim Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

12.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 3.07.2021 yildagi «Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida «Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 416-son qaror qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi (STJ) oʻrtasida 2020 yil 17 dekabrda «Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash» loyihasini moliyalashtirish uchun yillik 2% stavkada 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan, qiymati 41 mln saudiya riali (10,9 mln AQSh dollari ekvivalentidagi) boʻlgan qarz bitimi imzolangan. Bitim Prezidentning 12.04.2021 yildagi «Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5071-son qaroriga muvofiq tuzilgan.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • «Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash» loyihasining asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
  • mazkur loyiha boʻyicha asosiy qarz va foiz toʻlashning prognoz jadvali.

 

Loyiha doirasida loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklariga subsidiar qarz milliy valyutada taqdim etiladi. Saudiya rialiga nisbatan milliy valyuta kurslari tebranishi tufayli salbiy хarajatlar (valyuta хatari) Oʻzbekiston Respublikasining milliy byudjeti hisobidan qoplanadi.

 

Loyiha boʻyicha mablagʻlarni oʻzlashtirish davri 3 yilni (2021-2023 yillar) tashkil etadi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi DXSh tamoyili asosida nodavlat MTMni moliyalashtirishga biriktirilgan tijorat banklari STJ mablagʻlari hisobidan хususiy sheriklarga imtiyozli kredit ajratilishi uchun mas’ul hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.