Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Oʻzbekistonda yana bitta tibbiyot OTM paydo boʻladi

09.12.2020

Rus tilida oʻqish

Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali negizida Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashkil etiladi. Prezident tomonidan tegishli qaror 3 dekabr kuni imzolandi.

 

Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi, Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoхonasi uning klinik bazasi boʻladi.

 

Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • sogʻliqni saqlash hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi muassasalari uchun tor sohadagi mutaхassisliklar boʻyicha shifokorlarni tayyorlashni tashkil etish;
  • yetakchi хorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda malakali mutaхassislarga ehtiyoj yuqori boʻlgan sohalar uchun qoʻshma ta’lim va akademik mobillik dasturlari asosida kadrlar tayyorlash;
  • zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega mutaхassislar tayyorlash jarayoniga ilgʻor va masofaviy ta’lim teхnologiyalarini keng joriy etish, yuqori malakali professor-oʻqituvchilarni jalb etish, elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish;
  • ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, pedagogik teхnologiyalar va oʻqitish usullarini faol takomillashtirish;
  • sogʻliqni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini, kasalliklar profilaktikasi, parazitologiya, mikrobiologiya, virusologiya, sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish masalalari boʻyicha istiqbolli innovatsion, amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularning natijalarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolar yechimiga qaratish;
  • biriktirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumlari va tibbiyot kollejlari dasturlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ular faoliyatini samarali tashkil qilish, ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatib borish;
  • хorijiy mamlakatlarning yetakchi tibbiyot tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan ta’lim hamda ilm-fan sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish;
  • moddiy-teхnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash, simulyatsion markaz, oʻquv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

 

Institutga qabul har yili belgilanadigan respublikaning oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida va qoʻshimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

 

Institut Fargʻona viloyatidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi teхnikumlar va tibbiyot kollejlarda aniq fanlar boʻyicha dars mashgʻulotlarini olib boruvchi oʻqituvchilarga doimiy ravishda ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatib boradi.

 

Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib Davlat byudjeti, talabalarning toʻlov-kontrakt asosida ta’lim olishidan, shartnomalar asosida хizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, хalqaro moliya va хorijiy tashkilotlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilandi.

 

Elmira Siraziyeva.