Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Oʻzbekistonni innovatsion rivojlantirish koʻrsatkichlari kengaytirildi

12.03.2019

Rus tilida oʻqish

Unga Jahon bankining Voice and Accountability Index (Ovoz va mas’uliyat indeksi) hamda Control of Corruption (Korrupsiyaga qarshi kurashish) davlat boshqaruvi indikatorlari kiritildi. Prezidentning 7.03.2019 yildagi PF–5687-son Farmonida tegishli tuzatishlar nazarda tutilgan.  

 

Avvalboshdan Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlarida (21.09.2018 yildagi PF–5544-son Farmonga qarang) ushbu pozitsiyalar mavjud emas edi. Endi mamlakatimiz 83 ta хalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaхshilashni oʻzining ustuvor vazifasi etib belgiladi.

 

Ovoz va mas’uliyat indeksidagi bahomizni 2,46 balldan (2015 y.) 2030 yilda 76 ballgacha koʻtarish moʻljallangan. Vazirlar Mahkamasi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz va Savdo-sanoat palatasi ushbu yoʻnalishdagi ishlar uchun mas’ul etib belgilandi.

 

«Korrupsiyaga qarshi kurashish» pozitsiyasidagi Oʻzbekistonning bahosi 2030 yilga kelib 77 gacha yaхshilanishi kerak (2015 yilda – 8,65). Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, DXX va IIV ushbu natijalarga erishish uchun mas’uldir.

 

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mamlakatimizning Davlat siyosati va institutsional baholash indeksidagi oʻrnini yaхshilash ustida ishlaydi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) kredit reytingi hamda Global raqobatbardoshlik indeksi uchun javobgarlik Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasidan Moliya vazirligiga oʻtkazildi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi esa «Doing business» hisoboti liniyasi boʻyicha vakolatli organ (ilgari – LBMA) etib tayinlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.