Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Oʻzbekistonni rivojlantirish uchun $400 mln ajratiladi

20.06.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.06.2022 yildagi “Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekistonning oʻtish davridagi rivojlanish siyosatini jadallashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 337-son qarori qabul qilindi.

 

2021 yil 16 dekabrda Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekistonning oʻtish davridagi rivojlanish siyosatini jadallashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash uchun:

  • Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan (XTTB) 5 yillik imtiyozli davr bilan 18 yil muddatga $150 mln;
  • Xalqaro taraqqiyot uyushmasidan 5 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga $250 mln miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratildi.

 

Qaror bilan Davlat byudjeti hisobidan mazkur kreditlar boʻyicha qarzni qaytarish, foiz va vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali tasdiqlandi.

 

Kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining хarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi. Moliya vazirligi loyiha boʻyicha ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.