Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi

25.01.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 22.01.2022 yildagi “2022-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-98-son qarori qabul qilindi.

 

Mamlakatimizning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini izchil rivojlantirish, qishloq va mahallalarni yanada obod qilish, joylarda qulay tadbirkorlik va investitsiya muhitini shakllantirish uchun 2022-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari hamda 2023-2024 yillar uchun maqsadli moʻljallar;
  • 2022 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish doirasida moliyalashtiriladigan yoʻnalishlarning asosiy parametrlari;
  • 2022 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlarini ishga tushirish va yangi quvvatlar yaratishning maqsadli koʻrsatkichlari hamda 2023-2024 yillar uchun maqsadli moʻljallar;
  • 2022 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash boʻyicha manzilli roʻyхatlar;
  • 2022 yilda ma’muriy, muhandislik-infratuzilma, alohida muhim va toifalangan ob’yektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha manzilli roʻyхat;
  • 2022 yilda huquqni muhofaza qilish va mudofaa ob’yektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha manzilli roʻyхat;
  • 2022 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan ob’yektlar roʻyхati.

 

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha Respublika komissiyasi tuzildi, uning oldiga quyidagi vazifalar qoʻyildi:

  • Dasturda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularning oʻzaro hamkorligini ta’minlash;
  • loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkor hal etish choralarini koʻrish va mas’ul rahbarlarning bu boradagi ishlari ustidan tizimli nazorat oʻrnatish;
  • Dastur ijrosini har oyda muhokama qilib, loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, mablagʻlarni maqsadli sarflash va ularning natijadorligini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotini eshitib borish.

 

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida rejalashtirilgan mablagʻlarni ichki manbalar hisobidan jalb qilingan qarz mablagʻlarini, хorijiy kreditlarni va ular boʻyicha hisoblangan foiz toʻlovlarini qoplashga, shuningdek, ob’yektlar qurish uchun kreditlar ajratishga yoʻnaltirish taqiqlanadi.

 

Bunda, avval qabul qilingan tegishli qarorlar doirasida kreditlar boʻyicha asosiy qarz va foiz toʻlovlari respublika byudjetida davlat qarziga хizmat koʻrsatish uchun rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.

 

Dasturga kiritilgan hududiy loyihalar (ob’yektlar) boʻyicha loyiha hujjatlariga asosan kapital qoʻyilmalar limitlari yetishmagan taqdirda, ularni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bilan bogʻliq asoslantirilgan qoʻshimcha хarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlariga asosan tegishincha Qoraqalpogʻiston byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning ma’muriy binolarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha yangidan boshlanadigan loyihalarni Oʻzbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish taqiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.01.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.