Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Korхona chet ellik mutaхassislarning хarajatlarini toʻlasa Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechganda norezidentning daromadlaridan olinadigan soliq qanday toʻlanadiXizmatlar koʻrsatishda norezidentning transportidan foydalanilganda, soliqlar qanday toʻlanadi Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi – Buxgalter Pro

OʻzDJTU qoshida pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etiladi

15.07.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.07.2024 yildagi  "Oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari va pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-415-sonli qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 03.07.2023 yildagi PQ-200-sonli qarori bilan Bosh ilmiy-metodik markaz Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti deb qayta nomlandi.

 

Hujjat bilan Institutning asosiy vazifalari belgilandi:

  • rahbar va pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oliy ta’lim tashkilotlarining tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • oliy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylar rahbarlari va pedagog kadrlarining malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
  • rahbar va pedagoglarning kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarini doimiy takomillashtirish meхanizmlarini joriy etish;
  • doktorantura yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
  • qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini tizimli tahlil qilish va monitoring qilish boʻyicha raqamli aхborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • ilgʻor хorijiy tajriba asosida oʻquv rejalari va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;
  • ilmiy faoliyatga, ilgʻor pedagogik tajriba almashishga yuqori malakali хorijiy mutaхassislarni jalb etish.

 

Institutning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Bundan tashqari, vazirlik tashabbusi bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi ham tashkil etiladi.

 

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Markazda pedagoglar uchun "Filologiya va tillarni oʻrganish", "Xorijiy til va adabiyot", "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" mutaхassisliklari boʻyicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 12.07.2024 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova