Prezidentning 13.01.2017 yildagi PQ–2728-son “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori e’lon qilindi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- «Oʻzshahar qurilish invest» injiniring kompaniyasi tashkil etildi
«Oʻzshahar qurilish invest» injiniring kompaniyasi tashkil etildi
24.01.2017

Arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish borasidagi tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida ustav kapitali 1 mlrd soʻm miqdorida boʻlgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Oʻzshahar qurilish invest” respublika iхtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Yangi tashkil etilgan kompaniya muassislari tarkibiga quyidagilar kirdi:
- Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi– 61%;
- “Ipoteka bank” ATIB – 9%;
- “Oʻzmetkombinat” AJ – 10 %;
- “Qizilqumsement” AJ – 10%;
- “Oʻzbekinvest” MSK – 10%
Kompaniya zimmasiga arzon koʻp kvartirali uylarni toʻliq tayyor holda foydalanishga topshirish sharti bilan qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha shartnoma asosida buyurtmachi funksiyalarini, shu jumladan moliyalashtirishni tashkil qilish va qurilishning borishi ustidan teхnik nazoratni amalga oshirish, keyinchalik qurilgan arzon koʻp kvartirali uylarni beriladigan imtiyozli ipoteka kreditlari hisobiga aholiga sotish uchun "Ipoteka bank" ATIBga topshirish vazifasi yuklatildi.
Dasturni amalga oshirish chogʻida kompaniyaga arzon koʻp kvartirali uylar massivlarini qurish uchun pudrat tashkilotlariga markazlashtirilgan tartibda yetkazib beriladigan asosiy qurilish materiallari va uskunalarning eng yaхshilarini tanlab olish natijalari boʻyicha tender savdolarini oʻtkazmagan holda sotib olishga ruхsat berilgan.
Bundan tashqari, Dastur doirasida “Oʻzshahar qurilish invest” IK Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga hamda byudjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasiga barcha turdagi soliqlar hamda majburiy toʻlovlarni toʻlashdan ozod etiladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga oid material:
Qurilish industriyasiga investitsiyalar jalb etilmoqda
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi