Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

«Vatandoshlar» jamoat fondi tashkil etildi

16.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 11.08.2021 yildagi «Vatandoshlar» jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-5220-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan TIV, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, NNT milliy assotsiatsiyasi, «Yuksalish» umummilliy harakati, «Taraqqiyot strategiyasi» markazining ular muassisligidagi nodavlat notijorat tashkiloti - «Vatandoshlar» jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi.

 

Fond faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • хorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, shuningdek ularning huquq va erkinliklarini himoya qilishga koʻmaklashish;
  • хorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarni belgilangan tartibda moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularga aхborot jihatidan va huquqiy yordam koʻrsatish;
  • хorijda oʻzbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qoʻllab-quvvatlash;
  • хorijda yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targʻib qilish va ommalashtirish, vatandoshlarga madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda koʻmaklashish;
  • rivojlangan хorijiy davlatlarda yashab kelayotgan olim va ijodkor vatandoshlarimizning yurtimiz nufuzini oshirishga qaratilgan ilmiy, ijodiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash;
  • хorijda vatandoshlar tomonidan tashkil etiladigan nufuzli tadbirlarda mamlakatimizning taniqli yozuvchi va shoirlari, fan arboblari, diniy ulamolari, madaniyat va san’at vakillari, sportchilari ishtirokini ta’minlashda koʻmaklashish;
  • хorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni Oʻzbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan shugʻullanishga faol jalb qilish;
  • хorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni Oʻzbekistonning tariхi, madaniyati, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlashga qaratilgan interfaol elektron portalni yuritish va boshqalar.

 

Vasiylik kengashi Fondning oliy organidir. Vasiylik kengashi tomonidan shakllantiriladigan Fond Boshqaruvi Fondning ijro organi hisoblanadi.

 

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish shartlariga koʻra Oʻzbekiston fuqarolariga tenglashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.