Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida yangi qonun qabul qilindi

30.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 25.10.2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida»gi OʻRQ-982-son Qonun imzolandi.

 

Qonun Vazirlar Mahkamasinining faoliyatini tartibga soladi, uning tuzilmasi va vazifalarini hamda ish faoliyati prinsiplarini belgilaydi.

 

Vazirlar Mahkamasi - Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi boʻlib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat koʻrsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

 

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaхlit tizimiga vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar kiradi.

 

Vazirlik tegishli sohalarda yagona davlat siyosatini ishlab chiqadigan va amalga oshiradigan, muayyan yoʻnalishda ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradigan, shuningdek tizim ichidagi rahbarlik faoliyatini yakkaboshchilik asosida tashkil etadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organidir.

 

Qoʻmita tegishli sohada tarmoq ichidagi faoliyatni muvofiqlashtiradi va tartibga soladi hamda tizim ichidagi rahbarlik faoliyatini kollegiallik asosida tashkil etadi, shuningdek vazirlikning tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadi.

 

Agentlik tegishli sohada davlat хizmatlari koʻrsatilishini va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hukuqni qoʻllash vazifalarini oʻzining asosiy vazifasi sifatida amalga oshiradi, shuningdek, vazirlikning tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadi.

 

Inspeksiya tegishli sohalar hamda tarmoqlarda davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi, vazirlikning tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.10.2024 yildan kuchga kirdi. 

 

 Sobir Nurberdiyev