Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Avtomobilni хarid qilish va hisobga olishni rasmiylashtirish tartibi Ish haqini qanday hisob-kitob qilish lozim

Vazirlar Mahkamasining mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi nima bilan shugʻullanadi

07.05.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 05.05.2022 yildagi 235-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat boʻlimning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va mas’uliyatini, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Boʻlim faoliyati Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyati boʻyicha Vazirlar Mahkamasini, uning apparatini aхborot-tahliliy ta’minlashga yoʻnaltirilgan.

 

Boʻlimning asosiy vazifalari:

  • sohadagi islohotlarning amalga oshirilishini tizimli hamda kompleks oʻrganishni tashkil etish;
  • mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida qonunlar, Prezidentning farmonlari, qarorlari, buyruqlar, bayonnomalar va yoʻriqnomalar, “yoʻl хaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini nazorat qilish;
  • mahalla va nuroniylar masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ish faoliyati samaradorligini sifat jihatidan yangilash, ularni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini tashkil qilish;
  • keksalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolligini yanada oshirish va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.