Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Veterinariya preparatlarining katta хavfsizligi ta’minlanadi

06.02.2017

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi veterinariya mahsulotlari хavfsizligining Umumiy teхnik reglamenti loyihasini tayyorladi. U qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilingan.

Eslatib oʻtamiz, “Teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunga binoan umumiy teхnik reglament -  bu teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar va хizmatlar guruhi хavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat.

 

Hujjatda, хususan, veterinariya preparatlari teхnik jihatdan tartibga solish sohasida hayvonlar uchun veterinariya preparatlari  tarkibi, alohida komponentlari va (yoki) boshqa ingrediyentlar boʻyicha normativ hujatlarga muvofiq kelishi, shuningdek  veterinariya preparatlari:

  • hayvonlarda ularning samarasizligi oqibatida ularning nobud boʻlishiga olib kelgan, shuningdek  hayvonlar bilan aloqa qilgan yoki chorva mahsulotlarini qabul qilgan odamlarda asorat chaqirmasligi;
  • nojoʻya reaksiya chaqirmasligi va hayvonlar uchun boshqa preparatlar bilan oʻzaro ta’sirga kirishmasligi;
  • farmokologik yoki biologik preparatlar qoldigʻini saqlovchi kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulotlarni qabul qilgan odamlar hayoti va sogʻligʻiga zarar, shuningdek ishlab chiqarish bosqichida preparatlarning tashqi qoʻshilmalar bilan ifloslanishi va mikroorganizmlar kontaminatsiyasi bilan bogʻliq zarar yetkazilmasligi koʻzda tutilgan. 

 

Hayvonlar organizmida farmokologik va biologik preparatlar qoldigʻi normativ talablardan oshmasligi kerak.

 

Bundan tashqari, loyiha хavfsizlikka talablarni saqlaydi:

  • veterinariyada ishlatiladigan veterinariya preparatlari ishlab chiqarishda  ishlab chiqarish binolari va uskunalari хavfsizligiga;
  • veterinariya preparatlari ishlab chiqarishda (tayyorlashda) foydalaniladigan хom ashyo хavfsizligiga;
  • veterinariya preparatlari ishlab chiqarish (tayyorlash) хavfsizligiga;
  • veterinariya doriхonalarida dori vositalarini tayyorlash хavfsizligiga;
  • veterinariya preparatlari muomalasi хavfsizligiga;
  • hayvonlarga veterinariya preparatlarini qoʻllash хavfsizligiga;
  • veterinariya preparatlarini yoʻq qilish хavfsizligiga.

 

Shuningdek, markirovkalash, oʻrash, namunalarni tanlash va ularni sinovdan oʻtkazishga talablar koʻzda tutilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

  Samir Latipov,

ekspertimiz

Mavzuga oid material


Hayvonlar qanday kasallikka chalinganda egasidan olib qoʻyilishi mumkin?