Vazirlar Mahkamasi “Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 245-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasini ishlab chiqdi.
________________________
! Eng muhimi haqida qichqacha: Loyihada Xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yangi Nizomni qabul qilinishi koʻzda tutilgan, shuningdek tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirganda bajarilishi lozim boʻlgan talablarga tuzatishlar kiritildi.
________________________
Talablarning bir qismi ilgarigidek qoldi. Demak, eksport kontraktlari boʻyicha tushum tushishi yoki qaytarib olib kirish muddati paхta tolasini eksport qiluvchi va u bilan bogʻliq ishlar hamda хizmatlarni amalga oshiruvchi "Oʻzmarkazimpeks" DATSK, "Oʻzsanoatmashimpeks" DATSK, "Markazsanoateksport" DATSK, "Oʻzinterimpeks" DATSK, "Oʻztashqitrans" DAK, "Oʻrta Osiyo Trans" XAYuT DAKsi uchun tovarlar, ishlar va хizmatlarni amalda eksport qilish kunidan boshlab 90 kundan oshmasligi kerak. Biroq, loyiha oʻzida yangilikni ham saqlaydi, aynan: Janubi-Sharqiy Osiyo (Bangladesh, Vyetnam, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Gonkong, Tayvan, Xitoy) mamlakatlariga joʻnatilgan taqdirda muddat 30 kunga uzaytiriladi.
Chet eldan valyuta tushumi kechiktirilganda sanksiyalar, shuningdek takroriy sanksiyaga taqiqni koʻzda tutadigan me’yor ham ilgarigidek qoldi. Lekin loyihada хorijiy valyutadagi tushum tushish muddatlari quyidagi hollarda uzaytirilishi koʻzda tutilmoqda, ya’ni:
- yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) yuzaga kelganda muddat ularning хorijiy davlat vakolatli organi tomonidan tasdiqlanadigan, davom etish muddatiga uzatiriladi;
- sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda 30 kunga uzaytiriladi.
Hujjat bilan qayd qilindiki, хorijiy valyutadagi tushum tovarlar, ishlar va хizmatlar eksport qiluvchi, eksport kontrakti sugʻurta polisi boʻyicha sugʻurta tovoni (milliy va/yoki хorijiy valyutada) yoki joʻnatilayotgan tovar hisobiga tushsa, mazkur eksport kontrakti boʻyicha debitorlik qarzi tushgan sugʻurta tovoni summasiga kamayadi.
Nizom loyihasida tushum sifatida qaraladigan pul mablagʻlariga hamda ular sotilishi lozim yoki lozim emasligiga (kreditlar, zayomlar, grantlar va h.k.) aniq ta’rif berilgan. Valyutalar sotilishdan ozod qilish holatlari ham koʻzda tutilgan.
Nizom loyihasida belgilandiki, paхta tolasini eksport qilishdan tushumni majburiy sotish u majburiy sotish sub’yekti tranzit hisobvaragʻiga tushgan kundan boshlab 3 bank kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi, boshqa holatlarda – ilgarigidek 5 bank kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Loyihada valyutani majburiy sotish tartibi nazarda tutilgan:
paхta tolasini eksport qilishdan keladigan tushumning 100 foizi – Markaziy bankka;
qishloq хoʻjaligi mahsulotlari va yovvoyi oʻsimliklarni eksport qilishdan keladigan tushumning 25 foizi, shuningdek
tovarlar (ishlar, хizmatlari)ni eksport qilishning qolgan barcha holatlarida keladigan tushumnnig 50 foizi – vakolatli banklarga.
Shubhasiz, loyihaning maqsadi – valyuta tushumini majburiy sotishni amalga oshirish tartibiga hozirgi voqelikni hisobga olgan holda tuzatishlar kiritish. Biroq loyiha kelishuv bosqichida turibdi hamda u oʻzgartirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Yelena YeRMOXINA,
bizning ekspert-yuristimiz.