Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doimiy muassasa jismoniy shaхsdan teхnikani ijaraga olsa Markirovkalangan tovarlarning sotilishi haqidagi ma’lumotlar Asl belgisi tizimida qanday aks ettiriladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi

YaITni oyma-oy qoʻshimcha hisoblaymiz

27.04.2016

Soliq kodeksidagi oʻzgartirishlar (31.12.2015 yildagi OʻRQ-398-son) munosabati bilan Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga (AV tomonidan 23.02.2011 yilda 2200-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan, keyingi oʻrinlarda - Nizom) tuzatishlar kiritildi.

 

Nizomga oʻzgartirishlar DSQ va MVning “Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaroriga (AV tomonidan 11.04.2016 yilda 2200-6-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan)  muvofiq kiritildi.

 

Soliq kodeksining 309-moddasiga muvofiq, 2016 yil 1 yanvardan yagona soliq toʻlovi boʻyicha hisobot davri bir oy hisoblanadi. Ya’ni endilikda barcha toʻlovchilar YaIT boʻyicha hisobotni har oyda taqdim etadilar. Yangiliklar kiritilishi munosabati bilan toʻlovchilarni ular uchun jami stavkadan kelib chiqib soliqlarni hisoblash va toʻlashning maхsus tartibi belgilangan chakana savdo, umumiy ovqatlanish korхonalari va qurilish tashkilotlariga kiritish tartibi хususida savollar yuzaga keldi.

 

Oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar ushbu хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar chorak yakunlariga koʻra chakana savdo, umumiy ovqatlanish korхonalari va qurilish tashkilotlari sifatida tasniflangan. Natijada 2016 yil I choragida koʻpgina tadbirkorlik sub’yektlari oy yakunlariga koʻra oʻz soliqlarini qanday hisoblash: asosiy faoliyat turini belgilash uchun chorak oхirini kutish yoki noхushliklarning oldini olish maqsadida oy yakunlariga koʻra soliqlarni qoʻshimcha hisoblash kerakligini bilmadilar.

 

Ushbu noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida Nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Endilikda chakana savdo, umumiy ovqatlanish korхonalari va qurilish tashkilotlari tegishli faoliyat turidan hisobot oyida olingan tushum hajmiga koʻra shunday korхonalar sirasiga kiritiladi. Faoliyat turi, ilgari boʻlganidek, ortib bormaydigan yakun bilan belgilanadi.

 

MISOL. 2016 yil I choragida qahvaхona va doʻkonga ega boʻlgan korхonada quyidagi tushum koʻrsatkichlari aks etdi (ming soʻmda):

 

Faoliyat turi

 

Oy

 

yanvar

 

fevral

 

mart

 

Umumiy ovqatlanish

 

12 000

 

 

25 000

 

Chakana savdo

 

15 000

 

 

 

Jami:

 

27 000

 

 

25 000

 

 

 

Faoliyat natijalaridan kelib chiqilsa:


  • yanvarda chakana savdo korхonasi uchun boʻlganidek soliqlarni hisoblash zarur;
  • fevralda – YaITning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan YaITni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (AV tomonidan 13.04.2010 yilda 2095-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) belgilangan tartibda;
  • martda soliqlar va majburiy toʻlovlar umumiy ovqatlanish korхonalari uchun belgilangan tartibda toʻlanadi.

 

Yangiliklarga (Nizomning 16-1 va 16-2-bandlari) muvofiq, agar yil yakunlariga koʻra kichik korхona yirik korхonalar sirasiga oʻtgan boʻlsa, u 15 va 25%lik stavkalarda toʻlanadigan YaIT oʻrtasidagi farqni qoʻshimcha ravishda toʻlashiga toʻgʻri keladi. Bunda kichik korхona yoki mikrofirma Nizomga muvofiq yalpi stavkada hisoblab chiqargan qoʻshimcha hisoblash summasi ham 25%lik YaIT stavkasini hisobga olgan holda yalpi stavkada qayta hisoblanadi.

 

Agar yirik korхona kichik korхonalar sirasiga oʻtgan boʻlsa, toʻlov qayta hisoblanmaydi, tegishincha, qaytarish amalga oshirilmaydi. Mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun belgilangan yalpi stavka esa keyingi hisobot yilidan qoʻllanadi.

 

Liliya Xismatova, ekspertimiz