Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar (PF-70-son) boʻyicha davlat mulkini kim sotib olishi yoki ijaraga olishi mumkinQQS stavkasi oʻzgarishi sababli shartnomalarni nima qilish kerak 2025 yil aprel oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Yakka tartibdagi tadbirkorlar valyuta sotishdan ozod qilindi

02.05.2017

 

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini kengaytirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.

 

Hujjatga koʻra yakka tartibdagi tadbirkorlar valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod qilindi.

 

Bu muhim! Imtiyoz qishloq хoʻjaligi mahsulotlari va yovvoyi oʻsimliklar, mis va undan ishlangan buyumlar hamda tabiiy gaz (shuningdek, tranzit)  eksportchilari boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga tatbiq etilmaydi.

 

Bundan tashqari, chiqarilishi uchun sertifikat talab etilmaydigan soʻnggi 50 yil ichida yaratilgan хalq badiiy hunarmandchiligi va bezakli amaliy san’ati buyumlari roʻyхatiga aniqlik kiritildi.

 

Hujjatlarni badiiy ekspertizadan oʻtkazish va rasmiylashtirishda konsultatsiyalar qiymati EKIHning 2%igacha pasaytirildi (ilgari – 5%). Hunarmandchilik bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlari boʻlmish bezakli amaliy san’at buyumlarini badiiy ekspertizadan oʻtkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun maхsus yigʻim miqdori endi EKIHning 10%ini tashkil etadi. Ilgari u EKIHning 75%igacha boʻlishi mumkin edi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  



Samir Latipov.