Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Yana 3 idora jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashadi

13.07.2015

Vazirlar Mahkamasining 3.07.2015 yildagi 180-son qarori bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha milliy tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda quyidagi idoralar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi:

 

-Moliya vazirligi – sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari, lizing хizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlar (bank va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno), lotereya va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkilotchilari hamda auditorlik tashkilotlari uchun;

 

- Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi – qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun (banklar va sugʻurtalovchilar bundan mustasno);

 

- Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi – birjalar a’zolari va rieltorlik tashkilotlari uchun.

 

Koʻrsatilgan vazirliklar va idoralar qoidalarga rioya qilinishini monitoring va nazorat qilish hamda tekshirishni amalga oshiradi, qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda esa qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda tegishli choralar koʻrishga haqli boʻladi.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini bizning ekspert-yuristimiz 

Yelena YeRMOXINA tayyorladi.