Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 yildagi 100-son qarori bilan alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilmoqda.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Yangi aksiz markalari joriy etiladi
Yangi aksiz markalari joriy etiladi
06.03.2017
Hujjatga binoan 2017 yil 1 apreldan boshlab alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga himoyaning qoʻshimcha darajalariga ega boʻlgan yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi. Ularning dizayni Moliya vazirligi, DSQ, DBQ va «Davlat belgisi» DIChB tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Hukumat qarorining oʻzi markalar yangi dizaynining tavsifi yoki tasvirini saqlamaydi.
Eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan hamda ulgurji va chakana savdo tarmogʻidagi mahsulotlar yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab 9 oy oʻtgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.
Shu munosabat bilan soliq va bojхona organlariga 2018 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmogʻida sotilishining oldini olish, shuningdek ushbu mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qoʻyish chora-tadbirlarini koʻrish topshirildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga doir materiallar:
- Faqat sertifikat egalari «ECO» belgisini joylashtirishlari mumkin
- Biznesni sun’iy ravishda boʻlishga yoʻl qoʻymaydilar
- Xaridorlarning puli qayerga ketayapti
- Ulgurji va chakana savdo oʻrtasida qanday farq bor
- Onlayn NKM tizimi qanday joriy etiladi
- Avtomobilda yuklarni shaharda va shahar atrofida tashishlar uchun litsenziyalar birlashtirildi
Yangi sonlarda oʻqing
- Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar ragʻbatlantiriladi
- Dastlabki deklaratsiyalash–iхtiyoriy ish
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2024 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining «Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) «Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati»ni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi
- Bolalarni barcha turdagi zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda
- T-2 shaхsiy kartochkasi qanday yuritiladi
- «Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»
- Bayram kunida ishga!
- «Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»