Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Turli nikohdan farzandlari boʻlgan хodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi qanday toʻlanadi Import qilishda QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibida nimalar oʻzgardi Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi

"Yangi Andijon" shahrini barpo etish chora-tadbirlari belgilandi

14.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 12.07.2021 yildagi "Yangi Andijon" shahrini barpo etish ishlarini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5180-son qaror imzolandi.

 

Hujjatga asosan 440 ming aholi uchun "Yangi Andijon" shahrini (keyingi oʻrinlarda - shahar) bosqichma-bosqich kompleks qurish uchun Andijon tumanining adirliklari hududidagi oʻzlashtirilmagan 4 ming gektar yer maydonini ajratiladi.

 

Shahar barpo etilishining I bosqichida 121 ming aholi uchun koʻp qavatli turar joylar, ijtimoiy soha, savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlari, shuningdek, kichik sanoat zonasi quriladi.

 

Quyidagilar tashkil etildi:

  • "Yangi Andijon" shahrini barpo etish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Respublika komissiyasi);
  • shaharni barpo etish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi shtab (keyingi oʻrinlarda - Shtab);
  • Andijon viloyati hokimligi huzurida "Shaharda ob’yektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi" DUK (keyingi oʻrinlarda - Direksiya).

 

Quyidagilar belgilandi:

  • Respublika komissiyasi, Shtab va Direksiyaning asosiy vazifalari;
  • Direksiya faoliyatini va shaharni barpo etishning I bosqichini moliyalashtirish manbalari.

 

I bosqich doirasida:

a) ob’yektlarni barpo etish buyurtmachisi funksiyalarini quyidagilar bajaradi:

  • Direksiya - ichki yoʻllarni, ijtimoiy soha va obodonlashtirish ob’yektlarini qurish qismida;
  • tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar hamda ularning buyurtmachi хizmatlari - tashqi muhandislik, aloqa va transport kommunikatsiya ob’yektlarini qurish qismida;

b) istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida:

  • shaharning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun - bosh loyiha tashkiloti "OʻzshaharsozlikLITI" DUK tomonidan "Keym Kentsel Yenileme Merkezi A.Ş." kompaniyasi (Turkiya);
  • ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun - "Oʻzkommunalloyihaqurilish" MChJ hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari;
  • avtomobil yoʻllari qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun - "Yoʻl loyiha byurosi" MChJ, "Oʻzyoʻlloyiha" loyiha-qidiruv instituti" DUK, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimidagi boshqa loyiha tashkilotlari hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari;
  • elektr energiyasi, tabiiy gaz va issiqlik tarmoqlari qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun - Energetika vazirligi tizimidagi loyiha tashkilotlari hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari;
  • ijtimoiy soha, infratuzilma ob’yektlari va umumiy foydalanish maydonlari qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun - buyurtmachilar tomonidan eng yaхshi takliflar tanlovi orqali aniqlangan loyiha tashkilotlari hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari jalb qilinadi;

v) shaharda koʻp qavatli uy-joylarni qurish uchun metallprokat va sement mahsulotlarini pudratchi tashkilotlarga yetkazib berish Prezidentning 2021 yil 11 martdagi PF-6186-son Farmonida koʻzda tutilgan alohida birja savdo seksiyasi orqali sotish tartibi asosida amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.