Vazirlar Mahkamasining 31.01.2025 yildagi «Elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalari akkumulyator batareyalarini utilizatsiya qilish infratuzilmasini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi VMQ-52-son qarori qabul qilindi.
1 maydan elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalariga (TIF TN kodi 870380) nisbatan utilizatsiya yigʻimi miqdorlari:
- ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq boʻlmagan elektromobillar uchun BHMning 120 baravari;
- boshqa barcha elektromobillar uchun BHMning 210 baravari hisobida belgilanmoqda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.05.2024 yildan kuchga kiradi.
Sobir Nurberdiyev