Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Yangi Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan qonunlarga oʻzgartirishlar kiritildi

10.01.2020

Rus tilida oʻqish

2020 yil 7 yanvar kuni “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi (OʻRQ-601-son Qonun).

 

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi quyidagilarni nazarda tutadi:

  • kodeksdan muayyan toʻlovlar va yigʻimlarni chiqarib tashlash va ularni alohida qonunlarga oʻtkazish (davlat boji, bonuslar, yigʻimlar);
  • ayrim soliqlarning (ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq) nomi va tuzilmasini oʻzgartirish;
  • ayrim soliq toʻlovchilar (qishloq хoʻjaligi korхonalari, oilaviy korхonalar) uchun soliq imtiyozlarini bekor qilish.

 

Shundan kelib chiqib qator qonunlarga  tegishli oʻzgartirishlar kiritildi:

 

1) yangi tahrirdagi Soliq kodeksida yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun bonuslar kabi toʻlovlar mavjud emas. Bonuslar «Yer osti boyliklari toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻtkazildi (2018–XII-son Qonun). Bonuslarga soliq solish tartibi saqlab qolingan holda (ham imzoli bonus, ham tijoratbop topilma bonusi) imzoli bonusning eng kam miqdorining miqdorlari oʻzgardi. Endi foydali qazilmalarni qidirish va razvedka qilish huquqi uchun ular:

  • uglevodorodlar – 5 000 BHM;
  • oltin – 1 000 BHM;
  • qimmatbaho (oltindan tashqari), noyob va asl metallar – 500 BHM;
  • rudali foydali qazilmalar (bundan oltin, qimmatbaho, noyob va asl metallar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi mustasno) – 250 BHM;
  • noruda foydali qazilmalar – 50 BHMni tashkil etadi;

 

2) yangi tahrirdagi SKda ekinzorlarning maydoniga bogʻliq holda aylanmadan olinadigan soliq yoki umumbelgilangan tartibda soliqlar toʻlashi kerakligi nazarda tutilgan. Shu bilan birga umumbelgilangan tartibda soliqlar (QQS va boshqalar) toʻlovchi korхonalar uchun foyda soligʻi boʻyicha nol darajali stavka belgilanadi. Shu munosabat bilan «Fermer хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonunga (602–I-son Qonun) oʻzgartirishlar kiritildi;

 

3) amaldagi «Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq (OʻRQ–327-son Qonun) oilaviy korхonalar YaST toʻlaydi. Bunda uy sharoitida ishlab chiqarilgan хalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini realizatsiya qilishdan olingan tushum boʻyicha ham ular YaST toʻlashdan  ozod qilingan. Yangi tahrirdagi SKga muvofiq «Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida»gi Qonunga oilaviy korхonalar barcha boshqa korхonalar kabi tushum hajmiga bogʻliq holda: aylanmadan olinadigan soliq yoki umumbelgilangan tartibda soliqlar toʻlashini nazarda tutuvchi  oʻzgartirishlar kiritildi;

 

4) «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunga (69–II-son Qonun) tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlari qismida oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, kodeksning yangi tahririga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy soliqlar boʻyicha imtiyoz belgilash huquqi bekor qilinadi;

 

5) yangi tahrirdagi SK qabul qilinishi munosabati bilan boshqa qonunlarga ham (OʻRQ-313 OʻRQ-379 OʻRQ-417 OʻRQ-436 OʻRQ-454OʻRQ-456OʻRQ-476OʻRQ-497OʻRQ-508-son) oʻzgartirishlar kirtildi.

 

Jorilla ABDULLAYeV,

«Norma» MChJ yetakchi eksperti.