Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Yangi Oʻzbekiston: ma’muriy islohotlar

23.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 22.11.2021 yildagi «2022-2023 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoyishi qabul qilindi.

 

Prezident 2022-2023 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasini (keyingi oʻrinlarda – Komissiya) hamda quyidagilar yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha Ishchi guruhini tashkil etishga farmoyish berdi:

 

  • davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash, tuzilmalarini takomillashtirish va shtat birliklarini maqbullashtirish;
  • davlat boshqaruvi organlari faoliyatida raqamli teхnologiyalar, ochiqlik va DXShni rivojlantirish;
  • davlat boshqaruvi organlarining moddiy-teхnika ta’minotini takomillashtirish;
  • davlat boshqaruvi organlarining kadrlar salohiyatini takomillashtirish;
  • davlat boshqaruvi organlarida korrupsiyaning oldini olish;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish.

 

Shuningdek 2022-2023 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlari dasturining loyihasini ishlab chiqish sхemasi tasdiqlandi. Ishchi guruhlari rahbarlariga Dastur loyihasiga takliflar asosiy ustuvor yoʻnalishlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilishini ta’minlash topshirildi. 

 

Tayyorlangan takliflar taqdimot koʻrinishida Prezident Administratsiyasiga taqdim qilinadi hamda ularga tahliliy ma’lumotnoma va jadvallar, rivojlangan mamlakatlarning tajribasini oʻrganish boʻyicha ma’lumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek zarur hollarda, NHH loyihalari ilova qilinadi. Prezident Administratsiyasi Vazirlar Mahkamasi hamda ishchi guruhlari bilan birgalikda taqdim qilingan taqdimot materiallarini koʻrib chiqadi hamda Komissiyaga kiritadi.

 

Komissiyaga 2022 yil 1 martga qadar 2022-2023 yillarda Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Prezident farmoni loyihasini kiritish vazifasi topshirildi.

 

Hujjat 2021 yil 23 noyabrdagi «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.

 

Elmira Siraziyeva.