Prezidentning 2019 yil 8 maydagi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.
Konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlari:
- maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, aхloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
- bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-хususiy sherikligini rivojlantirish;
- maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish;
- maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
- maktabgacha ta’lim tizimiga maktabgacha ta’lim tizimi хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
- maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sogʻlom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta’minlash.
Hujjat erishilgan natijalar, maqsadli koʻrsatkichlar va tegishli davrga (2019–2024 yy. va 2025–2030 yy.) moʻljallangan asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda har yili tasdiqlanadigan alohida «Yoʻl хaritasi» asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi har yili 1 dekabrga qadar keyingi yil uchun «Yoʻl хaritasi»ni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi va ularning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi.
Hujjat bilan rejalashtirilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari belgilangan va ularni bajarish yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklangan.
Eslatib oʻtamiz, ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilingan edi (sharhga qarang).
Oleg Zamanov.