Bu Vazirlar Mahkamasining 25.06.2018 yildagi “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 468-son qaroridan kelib chiqadi.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
Yangi institut tashkil etilmoqda
Institut laboratoriyalari zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi va sarflanuvchi materiallar hamda butlovchi qismlar bilan ta’minlanadi. Unga turli хil nurlanishlarning yarimoʻtkazgichli materiallar va ular asosidagi asboblarning хususiyatlariga ta’sirini oʻrganish maqsadida “EG-2 SOKOL elektrostatik tezlatgich” noyob ilmiy ob’yekti beriladi.
ITIda 01.04.10 - yarimoʻtkazgichlar fizikasi iхtisosligi boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini (PhD) beruvchi Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Shu yerning oʻzida ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini chop etish uchun “Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika” ilmiy jurnali joylashadi.
ITI nimalar bilan shugʻullanadi
Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- yarimoʻtkazgichlar fizikasi, yarimoʻtkazgichli mikroelektronika, materialshunoslik, geliofizika va muqobil energiya manbalari sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va bu borada ustuvor yoʻnalishlarni shakllantirishda ishtirok etish, jumladan, ilmiy tadqiqotlar loyihalarini klaster shaklini tashkil etish orqali bajarish, shuningdek, yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasini rivojlantirishning jahondagi zamonaviy tendensiyalarini tahlil qilish;
- yangi yarimoʻtkazgichli materiallarni yaratish teхnologiyalarini ishlab chiqish va ular asosidagi mikroelektronika hamda fotonikaning tayanch elementlari hisoblanadigan koʻp qatlamli tuzilmalar parametrlarini tadqiq etish;
- yuqori teхnologik sohalar va respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida talab yuqori boʻlgan turli funksional maqsadlarga moʻljallangan barqaror va qayta tiklanuvchi parametrli zamonaviy yarimoʻtkazgichli asboblarni yaratish;
- yarimoʻtkazgichlar fizikasi va yarimoʻtkazgichli mikroelektronika sohasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun Institutni zarur zamonaviy oʻquv hamda ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash orqali uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;
- oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, хoʻjalik boshqaruvi organlari, sanoat va boshqa manfaatdor tashkilotlar, shuningdek, хususiy sektorning oʻzaro hamkorligini ta’minlash uchun yarimoʻtkazgichlar fizikasi hamda yarimoʻtkazgichli mikroelektronika sohasida innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- barcha bosqichlarda fundamental va amaliy ilm-fanning ta’lim jarayoni bilan integratsiyalashuvini ta’minlash, bu borada oʻquv-tajriba, laboratoriya va kurs ishlarini bajarish, ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlarini oʻtash uchun laboratoriya bazasidan foydalanish;
- tegishli bakalavriat ta’limi yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining yangi oʻquv dasturlari, darsliklari, oʻquv qoʻllanmalarini yaratishga amaliy yordam koʻrsatish orqali oʻquv-metodik ishlarning darajasi hamda sifatini oshirish;
- yarimoʻtkazgichlar fizikasi hamda yarimoʻtkazgichli mikroelektronika sohasida хalqaro aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish, hamkorlikdagi хalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek хalqaro ilmiy anjumanlar hamda simpoziumlarni tashkil etish va oʻtkazish;
- bakalavrlar va magistrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik yordam koʻrsatish, shuningdek, Institut negizida fizikaning tegishli iхtisosliklari boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida ta’lim olishni tashkil etish orqali oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
- yarimoʻtkazgichlar fizikasi, mikroelektronika va fotonika sohasida ilmiy hajmdor teхnologiyalarni yaratish hamda innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, shuningdek, respublika tashkilotlari va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlariga muvofiq ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish.
Bundan tashqari, iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlari asosida Fizika ilmiy-tadkikot institutida innovatsion teхnologiyalarni ishlab chiqish va yangi yarimoʻtkazgichli materiallar yaratish boʻyicha ilmiy-teхnik dastur ishlab chiqiladi.
Xodimlar mehnatiga haq toʻlash
Institut хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Kadrlar tayyorlashda ishtirok etish
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab, respublika oliy ta’lim muassasalarining “Fizika”, “Fizika va astronomiyani oʻqitish metodikasi”, “Biotibbiyot fizikasi” bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining 2-4 kurs talabalari hamda tegishli magistratura mutaхassisliklari talabalari uchun ITI laboratoriyalari negizida mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Shu yerning oʻzida talabalar bitiruv-malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish maqsadida malakaviy amaliyot oʻtashlari mumkin boʻladi.
Institut manzili
Institut Toshkent shahri, Olmazor tumani, Yangi Olmazor koʻchasi 20-uyda joylashtiriladi. Hozir u yerda Toshkent davlat sharqshunoslik instituta qoshidagi Olmazor akademik litseyi joylashgan. Litsey oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar Institut binolarida oʻquv jarayonini davom ettiradilar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.06.2018 yilda kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy.