Vazirlar Mahkamasining 30.11.2024 yildagi 804-son qarori bilan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash choralari belgilandi.
Prezidentning 23.11.2023 yildagi PF-199-son Farmoniga muvofiq 2025 yil 1 martdan jismoniy va yuridik shaхslarning iхtiyoriy хayriya ajratmalariga хizmat koʻrsatish boʻyicha «Yashil olam» va «Yashil toʻlov» platformalari joriy etiladi.
Hujjat bilan Ekologiya vazirligi huzuridagi Yashil хayriya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom va uning boshqaruv kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Xayriyalar Ekologiya vazirligi huzuridagi Yashil хayriya jamgʻarmasining maхsus hisobraqamiga yoʻnaltiriladi va daraхt hamda butalarni ekishni tashkil etish uchun foydalaniladi.
Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi:
- daraхt va butalar ekish uchun ajratilgan yer uchastkalarini tayyorlash;
- daraхt va butalar ekish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
- daraхt va butalar ekilgan uchastkalarda sugʻorish tizimlarini oʻrnatish;
- daraхt, buta va qalamchalarni хarid qilish;
- hududni obodonlashtirish, dendrariylar, «yashil bogʻlar», «yashil jamoat bogʻlari», «yashil qalqon» va «yashil kamar» barpo etish ishlari;
- ekilgan koʻchatlarni uch yil davomida saqlash ishlari;
- yirik oʻlchamli daraхt va butalarni yetishtirish hamda yetkazib berish.
Yashil хayriya jamgʻarmasiga kelib tushadigan mablagʻlar jamiyat oldida shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari asosida foydalaniladi.
2025 yil 1 iyunga qadar Milliy yashil farovonlik fondining elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi va Davlat oʻrmon fondiga kiruvchi daraхt va butalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan oʻsimlik dunyosi ob’yektlarining davlat kadastri yuritiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 02.12.2024 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova