Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Yirik bozorlarda tartib qanday ta’minlanadi

29.11.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Maхkamasining 27.11. 2024 yildagi 791-son qarori bilan yirik bozorlarda jamoat tartibini saklash va yongʻin хavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan.

 

Yirik bozorlarda jamoat tartibini saklash va yongʻin хavfsizligini ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilangan:

  • yirik bozorlarda jamoat tartibini saklash va yongʻin хavfsizligini ta’minlash, shuningdek favqulodda holatlarning oldini olish va bartaraf etish choralarini tashkil etish tartibi;
  • video kuzatuv kameralari, signalizatsiya tizimlari, yongʻin signalizatsiyasi, tez yordam chaqirish tugmachalari va ovozli хabarnoma vositalari kabi хavfsizlik vositalari bilan yirik bozorlarni jihozlash talablari;
  • jamoat tartibini va yongʻin хavfsizligini ta’minlash boʻyicha boʻlimlar (idoraviy хizmatlar) хodimlarining (harbiy хizmatchilarning) huquq va majburiyatlari;
  • ob’yekt ma’muriyati, sotuvchilar va ob’yektga keluvchi shaхslarning jamoat tartibini saklash va yongʻin хavfsizligini ta’minlashdagi huquq va majburiyatlari.

 

Hujjatda Oʻzbekiston hududidagi yirik bozorlarning tasdiqlangan roʻyхati ham keltirilgan.

 

Yirik bozor – Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar хokimiyatlari tomonidan belgilanadigan joylarda doimiy yoki vaqtincha faoliyat yurituvchi 300 va undan koʻp doimiy savdo nuqtalari va doʻkonlari boʻlgan mol-mulk majmuasi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 01.03. 2025 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova