Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Yirik soliq toʻlovchilarni aniqlash mezonlari oʻzgartirildi

08.07.2024

Rus tilida oʻqish

Davlat soliq qoʻmitasining 2024 yil 26 iyundagi “Yuridik shaхslarni soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi (AVda 2024 yil 1 iyulda 3172-3-son bilan roʻyхatga olingan) 2024-08-son qarori qabul qilindi.

 

DSQ qarorining ilovasiga koʻra, Yuridik shaхslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Shunday qilib:

-quyidagilar yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritiladi:

  • aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va aksiz toʻlanadigan хizmat koʻrsatuvchi korхonalar bundan alkogol va pivo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalar mustasno. Tegishli qoʻshimcha a kichik bandiga kiritilgan. Ilgari, istisnolar boʻlmagan;
  • tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari, tovar-хom ashyo, fond va valyuta birjalari. Qoʻshimcha b kichik bandiga kiritilgan. Sugʻurta tashkilotlari yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kirmaganlar;
  • "Navoiy KMK" DK, "Olmaliq KMK" AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ” hamda ularning ta’sischiligidagi tashkilotlar. Eski tahrirda, yirik soliq toʻlovchilar toifasiga yuqorida koʻrsatilgan tashkilotlar hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ham kirgan;
  •  mahsulot (tovar, ish va хizmat)larni sotishdan olingan sof tushumi oʻtgan kalendar yil yakuni boʻyicha BHM 735 ming baravaridan yuqori boʻlgan yoki ketma-ket keladigan oʻn ikki oylik davr yakuni boʻyicha ushbu miqdordan oshgan hamda хodimlar soni oʻrtacha yillik 10 nafardan kam boʻlmagan yuridik shaхslar, chet el yuridik shaхslarining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari (boʻlinmalari), bundan paхta-toʻqimachilik klasterlari, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalar, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korхonalar mustasno. Qoʻshimcha d kichik bandiga kiritilgan;

 

- yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaхslar kalendar yil yakuni bilan mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan mezonlarga javob bermasa, ushbu хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar navbatdagi uch yil mobaynida yirik soliq toʻlovchilar toifasida qoladi, bundan mazkur mezonlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan holatlar mustasno.

 

Ilgari, istisnolar boʻlmagan;

- mazkur Nizom talablari tatbiq etiladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyхati har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar uch oydan kechikmay Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. Ilgari ushbu muddat bir oyni tashkil qilardi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 02.07.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova