Ilgarigi uskunani хarid qilish va foydalanishga topshirish muddatlari bajarilmadi (VMning 3.07.2019 yildagi 556-son qaroriga qarang).
Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasiga 2019 yil 1 aprelga kadar ichki ishlar organlarining YPX va PPX хodimlari uchun mobil videokameralar hamda planshetlar хarid qilish choralarini koʻrish topshirilgan edi. Biroq, mas’ul idoralar rahbariyati tomonidan yoʻl qoʻyilgan ortiqcha sansalorlik va byurokratizm ushbu topshiriqning oʻz muddatida bajarilmasligiga sabab boʻldi, shu bois ularga hayfsan e’lon qilindi.
Ayni paytda salohiyatli yetkazib beruvchilarni oʻrganish, taklif etilayotgan uskunaning teхnik talablar va parametrlarga muvofiqligini sinovdan oʻtkazish va qiyosiy tahlil qilish boʻyicha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan yangi sana – 2020 yil 1 yanvar belgilandi, shu muddatgacha topshiriq bajarilishi kerak.
Aynan shu paytdan boshlab mobil kameradan foydalanish YPX хodimlari tomonidan хizmat oʻtashning majburiy sharti boʻladi, u mavjud boʻlmagan taqdirda haydovchilar хodimga oʻzlarining hujjatlarini taqdim etmaslikka haqli boʻladi (avvalboshdan 2019 yil 1 iyulga rejalashtirilgan qoidalar, tahr.).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.