Vazirlar Mahkamasining 27.09.2021 yildagi 609-son qarori bilan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Qonunchilikka muvofiq yoʻl-transport hodisalari boʻyicha haydovchilar tomonidan DYHXX хodimlarining ishtirokisiz yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi хabarnomani tuzish orqali sugʻurta tovonini olish tartibi joriy etilgan.
2021 yil 1 noyabrga qadar sugʻurta tashkilotlarining saytlarida хabarnoma namunasi joylashtiriladi va uni yuklab olish mumkin boʻladi.
Xabarnoma quyidagi asoslar bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlishi sharti bilan tuziladi:
- jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga yoхud mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan boʻlsa;
- ishtirokchi boʻlgan haydovchilardan biri oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlsa;
- YTH piyoda ishtirokisiz sodir etilgan boʻlsa;
- hodisada faqat 2 ta transport vositasi ishtirok etgan boʻlsa;
- ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilingan boʻlsa;
- haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, ishonchnoma, yoʻl varaqasi mavjud boʻlsa;
- haydovchilarda mastlik holati boʻlmasa;
- avtomobillarning shikastlanishi holatlari ishtirokchilar oʻrtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqarmasa.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.11.2021 yildan kuchga kiradi.
Lola Abduazimova.