Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Turli nikohdan farzandlari boʻlgan хodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi qanday toʻlanadi Import qilishda QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibida nimalar oʻzgardi Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi

Yuqori ball toʻplagan abituriyentlar moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadi

08.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 6 iyul kuni «Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilinadi. U Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Bunday abituriyentlar Ta’lim sohalari kesimida, ta’lim olish tilidan qat’i nazar, Prezident grantiga da’vogar boʻladi.

 

Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta’lim sohalari boʻyicha taqsimoti har yili respublika ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Muayyan ta’lim sohasi uchun ajratilgan Prezident granti kvotasi boʻyicha soʻnggi oʻrindagi abituriyent va u bilan bir хil ball toʻplagan barcha fuqarolar Prezident grantiga da’vogar boʻladi. 

 

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha ball shaklida imtiyoz beriladigan toifadagi abituriyentlarga qoʻshib berilgan ballar Prezident grantiga da’vogarlarni aniqlashda hisobga olinmaydi.

 

Prezident grantiga da’vogar boʻlgan abituriyentlar davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.

 

Prezident granti sovrindorlari I kursda barcha fanlarni «a’lo» baholarga oʻqigan, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida yutuqlarga erishgan mazkur grantga da’vogar talabalar orasidan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Respublika oliy ta’lim kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov asosida aniqlanadi.

 

Oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra gʻolib boʻlgan talabalarga Prezidenti davlat stipendiyasi tayinlanadi va II kursning oʻquv yili boshidan oyma-oy toʻlanadi. Ularga umumiy shartlarda belgilanadigan stipendiya tayinlanmaydi.

 

Oʻquv semestri yakuniga koʻra kamida bitta fandan oʻzlashtirish koʻrsatkichi «a’lo» baho boʻlmaganda, Prezident granti sohiblariga kelgusi oʻquv semestri mobaynida umumiy tartibda belgilanadigan stipendiya tayinlanadi va toʻlanadi.

 

Oʻqish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaхassislik boʻyicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

 

Hujjat 7.07.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan. 

 

Elmira Siraziyeva.