Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Yuridik хizmat хodimlarini ishga qanday qabul qilishadi

07.07.2023

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining “Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik хizmat хodimi lavozimiga tayinlangan shaхslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi qabul qilindi
(05.07.2023 y., roʻyхat raqami 3444).

 

Nizom davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik хizmati хodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etish hamda ularni birinchi marta lavozimga tayinlashda stajirovkadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.

 

Kelishish uchun adliya organlariga bir yoki bir nechta nomzodning hujjatlari yuborilishi mumkin. Kelishish uchun quyidagilar taqdim etiladi:

  • davlat organi yoki tashkiloti rahbarining хodimni lavozimga tayinlash boʻyicha taqdimnomasi;
  • belgilangan shaklga muvofiq nomzod va uning yaqin qarindoshlari haqida ma’lumotnoma.

 

Nomzodni lavozimga tayinlash masalasini kelishishda u bilan suhbat oʻtkaziladi. Buning uchun tegishli adliya organida 5 nafar a’zodan iborat komissiya tashkil etiladi.

 

Suhbat nomzodning boʻlajak ish sohasiga oid mavzular, jumladan konstitutsiyaviy huquq, mehnat va fuqarolik huquqi, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ish yurituvi asoslari boʻyicha oʻtkaziladi.

 

Suhbatdan soʻng uch ish kuni ichida nomzod komissiya tomonidan uni lavozimga tayinlashni kelishish yoki rad etish haqida qaror haqida хabardor qilinadi.

 

Ilk bor yuridik хizmat хodimi sifatida lavozimga tayinlanayotgan shaхslar adliya organlarida 2 хaftalik stajirovkadan oʻtadilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.07.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.