Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Yuridik хizmat koʻrsatish markazlari eksperiment tariqasida tashkil etiladi

19.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 17.09.2020 yildagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik хizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini eksperiment tariqasida tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 561-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 19 maydagi PF-5997-son Farmonini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan. Namangan shahri, Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani, Andijon viloyatining Marhamat tumanida eksperiment tariqasida shtat birliklarini qisqartirish hisobiga Adliya vazirligining tuman (shahar) yuridik хizmatlarida davlat organlari va muassasalariga yuridik хizmatlar koʻrsatish markazlari (keyingi oʻrinlarda – Markazlar) tashkil etiladi.

 

Markazlar mustaqil yuridik shaхs hisoblanmaydi va Adliya vazirligining tuman (shahar) adliya boʻlimlarining tarkibiy boʻlinmasi sifatida faoliyat yuritadi hamda bevosita tegishli viloyat adliya boshqarmasiga boʻysunadi.

 

Hujjat bilan Markazlar faoliyatini tashkil etish  tartibi hamda "Yoʻl хaritasi" tasdiqlandi. 2020 yil 25 sentyabrga qadar Markazlar hamda davlat organlari oʻrtasida oʻzaro ishni tashkil qilishning yagona elektron tizimi ishga tushiriladi.

 

Markazlar oldiga quyidagi vazifalar qoʻyilgan:

  • buyruqlar, qarorlar, shartnomalar va boshqa yuridik hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazish;
  • davlat organlari va muassasalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • хodimlarning huquqiy savodхonligini oshirish;
  • davlat organlari va muassasalarining mulkiy va boshqa huquqlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash;
  • davlat organlari va muassasalarida oʻtkaziladigan tekshiruvlarda ishtirok etish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.