Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Zargarlarga litsenziya va guvohnomalar berish tezlashtirildi

04.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

Zargarlik tarmogʻini tartibga soluvchi bir qator qonunosti hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (20.02.2020 yildagi 103-son VMQga qarang).

 

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash jarayoni jadallashtiriladi. Bunga litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati 10 kundan 5 kunga, qayta rasmiylashtirish boʻyicha – 5 kundan 2 kunga (ariza qabul qilingan sanadan e’tiboran, uni taqdim etish usulidan qat’i nazar, tahr. izohi) qisqartirilganligi orqali erishildi.

 

Bu qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash uchun roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasini olishga ham taalluqlidir. Endi Asillik darajasini belgilash palatasi guvohnomani berish yoki muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani 5 ish kuni (ilgari 7 ish kuni edi), qayta rasmiylashtirishda esa 3 ish kuni (ilgari 5 ish kuni edi) mobaynida koʻrib chiqadi. Xuddi avvalgidek, 1 BHM miqdoridagi qoʻshimcha haq evaziga zargarlik buyumlari bilan savdo qilish huquqini beradigan guvohnomalarni olishga doir murojaatlar tezkor tartibda (tegishincha 2 va 1 ish kuni davomida, tahr. izohi) koʻrib chiqiladi.

 

Shuningdek ta’kidlash joizki, zargarlik buyumlari bilan savdo qilishga doir amaldagi qoidalarga tuzatishlar kiritildi. Oʻzgarishlarning katta qismi bevosita Prezidentning 18.05.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5721-son Farmoni qoidalaridan kelib chiqdi. Bundan tashqari, shunday mahsulotlarni vositachilar va internet-doʻkon orqali realizatsiya qilishning oʻziga хos jihatlari qayd etilgan.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.02.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.