Zargarlik va qimmatbaho metallardan yasalgan boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash funksiyalari MB huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligidan Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga oʻtkazildi (18.05.2019 yildagi PF–5721-son Farmonga qarang).
Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 1 oktyabrgacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish faoliyati Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan berilgan roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasi asosida amalga oshirilgan. Biroq koʻrsatilgan sanadan yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga buning uchun litsenziya talab etilgan, roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasi esa bekor qilingan.
Avvalboshdan Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi ushbu sohada litsenziyalovchi organ etib belgilangan edi (10.08.2017 yildagi PQ–3199-son qarorga qarang, litsenziyalash tartibi – bu yerda). Endi esa Davlat asillik darajasini belgilash palatasi litsenziya beradi. Shu tariqa, ushbu sohada ruхsat berish tusiga ega hujjatlarni berish funksiyalari ushbu organga qaytarib berildi.
Bundan tashqari, Asillik darajasini belgilash palatasining maqomi va qarashliligi oʻzgardi. Ilgari Markaziy bank muassasasi sifatida u Qimmatbaho metallar agentligiga qarashli edi, hozir esa Moliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazilmoqda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.