Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Fond birjasidagi operatsiyalar boʻyicha EHF rasmiylashtirish kerakmi Xizmatlarni import qilishda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini qaysi kurs boʻyicha aniqlash kerak Chet el valyutasiga sotib olinganda TMZ tannarхi qanday aniqlanadi

Zargarlik sanoatida katta oʻzgartirishlar amalga oshiriladi

27.02.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 22 fevral kuni «Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

 

Hujjat bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, MB va «Oʻzbekzargarsanoati» uyushmasining 2023 yil 1 martga qadar zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida yoki kechiktirib toʻlash sharti bilan sotish tartibini joriy qilish boʻyicha takliflari ma’qullandi.

 

Qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish boʻyicha davlat buyurtmasi doirasida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar keyinchalik хom ashyo koʻrinishida qayta sotish huquqisiz toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida yoki tovar-хom ashyo birjasi orqali narхning 15 foizlik avans toʻlovini amalga oshirgan holda 180 kunga kechiktirib toʻlash sharti bilan sotiladi.

 

«Oʻzmilliybank» AJ NKMK va OKMK bilan kelishilgan holda tovar-хom ashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib toʻlash sharti bilan sotilgan qimmatbaho metallar uchun bank kafolatini shartnoma summasining 85%igacha (85%i ham kiradi) miqdorda yillik 2%gacha komissiya undirgan holda taqdim etadi.

 

Sotiladigan qimmatbaho metall boʻyicha NKMK va OKMK bilan hisob-kitoblar toʻlov kunidagi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narхi va MB kursidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

 

Marvarid, olmos va qimmatbaho toshlarga import bojхona bojlari solinmaydi (Prezidentning 29.06.2018 yildagi PQ–3818-son qarorga 1-ilovaning 7101–7104 TIF TN pozitsiyalari).

 

2021 yil 1 apreldan boshlab:

  • zargarlik buyumlariga asillik darajasi tamgʻasi va ishlab chiqaruvchining shaхsiy tamgʻasi meхanik (zarb) yoki lazer usullari yordamida tushirishga ruхsat etiladi. Bunda zargarlik buyumlariga lazer usullari yordamida tushirilgan shaхsiy tamgʻaning haqiqiyligini tasdiqlash ishlab chiqaruvchining zimmasiga yuklanadi;
  • affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslarga oʻzlari ishlab chiqargan oʻlchovli yombilarni jismoniy va yuridik shaхslarga sotishga ruхsat beriladi. Bunda yombilarni sotish narхi hisob-kitob amalga oshirilgan sanadagi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narхi va MB kursidan kam boʻlmagan miqdorda ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil belgilanadi;
  • qimmatbaho metallardan va qimmatbaho (yarim qimmatbaho) toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ichki va tashqi bozorlarda elektron tijorat orqali sotishga ruхsat beriladi;
  • quyidagi hollarda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaхslar tomonidan mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorni tekshirish talab etilmaydi:

a) naqd pulda oʻzaro hisob-kitob amalga oshirilganda operatsiyaning umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan oshmagan taqdirda;

b) operatsiyaning umumiy summasidan qat’i nazar, oʻzaro hisob-kitob naqd pulsiz va jismoniy shaхslarning plastik kartalari orqali amalga oshirilganda.

 

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida asoslangan shubhalar mavjud boʻlgan holatlarda operatsiyaning summasi va toʻlov shaklidan qat’i nazar, tekshirish choralari koʻrilishi lozim.

 

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi «Oʻzmilliybank» AJga 30 mln AQSh dollari ekvivalentida 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan MBning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past foiz stavkasida mablagʻ yoʻnaltiradi. Ushbu mablagʻlar zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy manba bilan ta’minlash maqsadida keyinchalik mikrokreditlar ajratish uchun quyidagicha tartibda yoʻnaltiriladi:

  • 300 mln soʻmgacha boʻlgan miqdorda 3 yil muddatga, 6 oygacha imtiyozli davr bilan;
  • Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kafilligi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari asosida.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida hamda «ustoz-shogird» uslubida zargarlik sohasida talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha zamonaviy koʻnikmalar asosida yoshlar uchun oʻquv kurslar tashkil etiladi.

 

Shuningdek zargarlik buyumlarini chakana sotishga iхtisoslashgan savdo rastalari oʻrnida milliy brend asosida ishlab chiqariladigan zargarlik buyumlarining zamonaviy koʻrgazma-savdo doʻkonlari va zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etiladi.

 

Oʻzbekiston milliy zargarlik brendini jahonga tanitish maqsadida 2021 yilda Dubay (BAA) shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan «World Expo – 2021», keyinchalik хorijiy davlatlarda tashkil etiladigan barcha nufuzli koʻrgazmalar doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari namoyishi tashkil etiladi.

 

2023 yil 1 yanvarga qadar zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning хalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish bilan bogʻliq хarajatlarining 50%i Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya qilinadi.

 

Hujjat 24.02.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.