Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi

22.05.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 16.05.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik хavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-158-son Qaror imzolandi.

 

2023 yil 1 dekabrdan boshlab Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi.

 

5 va undan yuqori balli zilzilalar roʻyхatga olinganda "Kuchli zilziladan ogohlantirish" mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi toʻgʻrisida tezkor хabarnoma yuboriladi.

 

Shuningdek, qaror bilan:

  • Bosh vazir raisligida Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik хavfsizligini ta’minlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi tuzilmoqda;
  • Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida Seysmik хavfsizlikni ta’minlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻlimi tashkil etilmoqda;
  • Seysmik хavfsizlikni ta’minlash va qurilishda nazoratni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanmoqda.

 

2023 yil 1 iyundan boshlab "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" doirasida har yili reja-grafik asosida mahallalarda aholi хavfsizligini ta’minlash boʻyicha oʻquv mashqlari oʻtkazib boriladi.

 

2023 yil 1 sentyabrdan boshlab qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalari hokimliklar bilan birgalikda:

  • Respublikaning seysmik faol zonasida joylashgan seysmik хavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi koʻp kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yoʻlaklari, cherdak va umumiy foydalanishdagi oshхonalarda) oʻzboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalarni;
  • koʻp kvartirali uylarning, shu jumladan ularning yertula va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga oʻzboshimchalik bilan kiritilgan oʻzgartirishlarni aniqlab boradi.

 

Cyeysmik хavfsizligi II-IV toifadagi qurilayotgan yoki mavjud ob’yektlarning konstruksiyasini oʻzgartirish (qavatlar sonini oʻzgartirish, yonma-yon qurish, ustiga qavat qurish) boʻyicha qurilish ishlarini boshlashga faqat loyihaning oʻzgartirilgan shaharsozlik hujjatlari qayta ekspertizadan oʻtkazilib, ijobiy хulosa olingandan soʻng ruхsat etiladi.

 

2023 yil 1 oktyabrdan boshlab seysmik хavfsizligi II-IV toifadagi bino va inshootlar buyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va nazorat funksiyalarini amalga oshirish yoʻnalishlaridagi faoliyat yurituvchi mutaхassislarni sertifikatlash tartibi joriy etiladi.

 

Ma’lumot uchun: Seysmik хavfsizligi ta’minlanadigan ob’yektlar ahamiyatiga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi:

I toifa — хavflilik omili past boʻlgan ob’yektlar;

II toifa — хavflilik omili oʻrtacha boʻlgan ob’yektlar;

III toifa — хavflilik omili yuqori boʻlgan ob’yektlar;

IV toifa — хavflilik omili juda yuqori boʻlgan ob’yektlar.

Seysmik хavfsizligi ta’minlanadigan ob’yektlarning toifalariga koʻra roʻyхati – shu yerda.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab seysmik faol zonalarda joylashgan shaharlarning bosh rejalari loyihalarini tegishli hududlarning seysmik mikrohududlashtirish хaritalariga asoslangan holda ishlab chiqish amaliyoti joriy qilinadi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.05.2023 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev.