Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Zulfiya nomidagi mukofot – iqtidorli qizlarga

07.03.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan.

 

Zulfiya nomidagi mukofot bilan ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi oʻzgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, Vatanimiz ravnaqi yoʻlida bor kuch-gʻayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma’naviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlar taqdirlanadi.

 

Mamlakatimizning 28 nafar qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari boʻlishdi.

 

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 Mart – Xalqaro хotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshiriladi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga sovrindorlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlash topshirildi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 6.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.