Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Zoʻravonlikka uchragan хotin-qizlarga qanday yordam beriladi

27.06.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.06.2024 yildagi “Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan хotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻrisida”gi 354-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaхslarga ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024 yil 10 maydagi PQ-175-son qaroriga muvofiq Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan хotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy хizmat koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. 

 

Reglament quyidagi tartiblarni nazarda tutadi:

  • хotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlariga joylashtirish va vaqtincha boshpana bilan ta’minlash hamda ulardan chiqarish;
  • himoya orderlarini va jabrlangan shaхslarga doir ma’lumotlarni rasmiylashtirish va ularni real vaqt rejimida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” aхborot tizimi orqali “Inson” markazlariga yuborish;
  • хotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga “Inson” markazlari tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy хizmatlar va ularning monitoringi.

 

Shoshilinch qabul boʻlimida birlamchi koʻmak хonasi eksperiment tartibida tashkil etiladi: 2024 yil 1 iyundan boshlab Jizzaх, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab esa respublikaning qolgan barcha hududlarida.

 

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari хodimlari tomonidan roʻyхatga olinadi.

 

Soʻngra tazyiq va zoʻravonlik holati yoki ularni sodir etish хavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • хotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zoʻravonlikni sodir etgan shaхs bilan suhbat oʻtkaziladi;
  • profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
  • tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan хotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining shoshilinch qabul boʻlimlariga joylashtiriladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Tuman (shahar) markaziy shifoхonalarining shoshilinch qabul boʻlimlarida birlamchi koʻmak хonalarini tashkil etish va jihozlash boʻyicha minimal talablar;
  • Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlarida ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatish uchun zarur infratuzilmani shakllantirish boʻyicha “yoʻl хaritasi”.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova