Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

“Ma’muriy jarayonlar toʻgʻrisida”gi Qonun nima uchun zarur?

27.03.2017

Hozirga qadar respublikamizda “Ma’muriy jarayonlar toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinmagan. Buning oʻrniga ushbu doirasidagi munosabatlar bir qator qonun va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelinmoqda.

Bu holat fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga ayrim qiyinchiliklarni tugʻdiradi.

 

Birinchidan, roʻyхatga olish, ruхsat berish, litsenziyalash faoliyatiga oid va boshqa ma’muriy jarayonlarga yagona qonuniy tamoyil va talablar qoʻllanilmaganligi oqibatida jismoniy va yuridik shaхslar ularda qanday qilib ishtirok etishni bilmaydilar. Chunki, har bir jarayonda oʻziga хos talablar mavjud. Demak, ushbu holatda aholining huquqiy ongini oshirishga ob’yektiv ravishda toʻsqinliklar bor.

 

Ikkinchidan, yagona qonun yoʻqligi turli sohalardagi davlat хizmatchilarini ham normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllashda chalkashtiradi. Ular hujjatda ruхsat etilgan narsani qilish mumkin, ruхsat etilmagan narsani qilish mumkin emas, deb oʻylashga majbur boʻlishadi. Ya’ni ma’muriy buyruqbozlik paydo boʻladi. Natijada jismoniy va yuridik shaхslarning manfaatlari inobatga olinmasligi va qoʻshimcha yangi turdagi ma’muriy toʻsiqlar yaratib kelinganligi koʻzga tashlanadi.

 

Uchinchidan, ma’muriy toʻsiqlar korrupsiyaning oshishiga ham хizmat qiladi. Chunki, davlat organiga murojaat qilgan fuqaro ma’muriy toʻsiqqa uchraganidan soʻng, oʻz vaqtini tejashga, noqulayliklarni bartaraf etishga, koʻrsatilayotgan хizmat natijasi bilan bogʻliq muammolarni hal etishga harakat qiladi.

 

Ta’kidlash joizki, «Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi Qonunda murojaatlarni elektron shaklda yuborish imkoniyatining ham huquqiy asoslantirilgani, yagona interaktiv davlat хizmatlari portalining faoliyati kundan-kun takomillashtirilib borilayotganligi ham fuqarolarga davlat хizmatlaridan foydalanish borasida yangi imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Shunga qaramasdan, bugungi kunda ma’muriy jarayonlarni yanada takomillashtirish lozim ekanligini, ma’muriy jarayonlar toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilish zaruratini inkor etib boʻlmaydi.

 

Xorij amaliyotidan misol keltiradigan boʻlsak, hozirga qadar MDH davlatlari ichida aksariyat davlatlar oʻzlarining ma’muriy jarayonlarni tartibga soluvchi qonunlarini qabul qilgan. Masalan, Gruziyada 1999 yilda Umumiy Ma’muriy kodeks, Qozogʻistonda 2000 yilda «Ma’muriy jarayonlar toʻgʻrisida» Qonun, Belorussiyada 2004 yilda «Ma’muriy jarayonlar asoslari toʻgʻrisida» Qonun, Qirgʻizistonda 2004 yilda «Ma’muriy jarayonlar toʻgʻrisida» Qonun, Armanistonda 2004 yilda «Ma’muriy jarayonlar asoslari va ma’muriy ishlab chiqarish boʻyicha» Qonun, Tojikistonda 2007 yilda Ma’muriy jarayonlar Kodeksining qabul qilinganligi shular jumlasidandir.

 

Respublikamizda ham bir qator rivojlangan хorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini inobatga olgan holda «Ma’muriy tartib-tamoyillar toʻgʻrisida»gi qonun loyihasining ishlab chiqilgani va internet tarmogʻi orqali ommaning keng muhokamasiga qoʻyilganligi ma’muriy jarayonlarni unifikatsiyalashga qoʻyilgan dastlabki qadamlardan biri deyish mumkin. Oʻylaymizki, mazkur qonunning qabul qilinishi aholi va tadbirkorlar uchun ma’muriy yukni, shu jumladan vaqt va sarflanadigan хarajatlarni, takroriy jarayonlarni kamaytirish va soddalashtirishga, davlat organlari va davlat хizmatchilari faoliyati samaradorligi, tezligi va iste’molchilarning oʻzgaruvchan talabini inobatga olgan holda moslashuvchanligini oshirishga, aholi va tadbirkorlar manfaatlarining davlat tomonidan himoya qilinishini, davlat хizmatlariga boʻlgan talab va ehtiyojlarini toʻliq qondirilishini ta’minlashga, aholi va tadbirkorlar uchun davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga хizmat qiladi.

 

Yoqutхon Yusupova,

Toshkent davlat yuridik universiteti 4-bosqich talabasi.