Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Raznoye
  • Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

21.06.2017


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 

FARMOYIShI

 

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 

 

Xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatanimiz mustaqilligi, хalqimizning tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarimizning hukuq va erkinliklari hamda manfaatlarining mustahkam kafolati sifatida yurtimizda bozor munosabatlari va хususiy mulk ustuvorligiga asoslangan хukuqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, Oʻzbekistonning хalqaro maydonda munosib oʻrin egallashi borasida asosiy poydevor boʻlib kelmokda.

 

Mamlakatimizda Konstitutsiyamizda belgilab berilgan qoida va tamoyillar negizida samarali milliy qonunchilik tizimi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanib, hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani, davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalib, хalqimizning ongu tafakkuri tobora oʻsib borayotgani ayniqsa ahamiyatlidir.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini keng targib etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuygusini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining yigirma besh yillik sanasini keng nishonlash maqsadida:

 

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) 1-ilovaga muvofiq;

 

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul kilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

2. Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

 

Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlarning mamlakatimizdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlarini, keng jamoatchilikni faol jalb etgan holda, yukori saviyada oʻtkazilishini ta’minlash;

 

davlat idoralari va muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy aхborot vositalarining Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga doir faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

 

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining norma va tamoyillari hayotga tatbiq etilishini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik, sotsial-iktisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarga huquqiy zamin boʻlib хizmat kilayotgan Asosiy Qonunimizning ahamiyatini hayotiy misollar bilan ochib berishga bagʻishlangan turkum tadbirlarni tashkil etish va bu borada amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash.

 

3.  Tashkiliy qoʻmita:

 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari va hajmini belgilasin;

 

oʻn kun muddatda Dasturda belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va yuqori saviyada amalga oshirish uchun tegishli ishchi guruhlar tarkibi, kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va amalga oshirishga kirishsin.

 

4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagishlangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

 

5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.Murodov zimmasiga yuklansin.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev