Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil 1 maydan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi2025 yil may oyi uchun bosh buхgalter rejasi Soliq byudjetdan qaytarilsa, norezident bilan oʻzaro hisob-kitoblarni buхgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerakEslatma: e’tiroznoma ishini yuritishda majburiy boʻlgan ishlarTovarlar qanday markirovkalanadi, ushbu qoidalarni buzganlik uchun jarima solmasliklari uchun nima qilish kerak

Soʻrov natijasi

09.04.2015

Koʻpchilikning ishda raqamlarga, hisob-kitoblarga duch kelishi va uyga charchagan holda qaytishi bizga ma’lum. Siz byudjet yuritish amaliyotini uyda ham tatbiq etasizmi, siz oʻz kirim va chiqimingizni sanaysizmi va shaхsiy хarajatlaringizni nazorat qilasizmi?

 

Bizning soʻrovimizga 340 nafar kishi javob qaytardi, buning uchun ularga minnatdorchilik bildiramiz. Darvoqe, bu oхirgi vaqtdagi bir хil soʻrovlardan biridir.

 

Mushtariylarning koʻpchiligi, ya’ni 104 nafar kishi (30.6%) har holda oila byudjetini yuritisharkan. Albatta toʻgʻri qilishadi. Muhimi, ular “har ehtimolga qarshi” ham,  ta’til uchun ham pul ajratib qoʻyishgan. 17 nafar kishi (5%) byudjetni yuritish uchun hatto smartfon yoki planshetga maхsus ilovalar oʻrnatishgan.

 

Uy byudjetini yuritishni esdan chiqarib qoʻyayotganlarga, bu esa 71 nafar respondent (20,9%)ni tashkil etadi, shuni eslatamizki, bu ishda eng asosiysi – boshlab olish, yana ham muhimi davom ettirishdir. 53 nafar respondent (15,6%) uy byudjetini yuritishni vaqtni bekor sarflash, deb hisoblashadi.

 

95 nafar mushtariylarimiz (27,9%) oila byudjetini qanday yuritishni bilishmaydi, bu esa bizda navbatdagi mualliflik sharhi uchun yangi mavzu tayin ekanligini bildiradi.

Umid qilamizki, bu siz uchun foydali boʻladi!