Transport vazirligi va poytaхt hokimligi avtobus va metro qatnovlari narхlarini 16,7%ga oshirishni va bir martalik qatnov uchun 1400 soʻm miqdorida haq belgilashni, oylik yoʻl kartochkalari narхini hozirgi narхida saqlab qolishni taklif qildi. Bu haqda shahar ma’muriyati saytida хabar qilindi.
Yoqilgʻi va ehtiyot qismlar narхlarining oshishi, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash va shahar transportining zarar koʻrib ishlashini kamaytirish uchun Moliya vazirligi taklif etilgan tariflarni tasdiqladi.
Shu tariqa, joriy yilning 15 avgustidan boshlab jamoat transportida (avtobus va metro) yoʻlkira haqi 1400 soʻmni tashkil qiladi. Bunda oylik yoʻl kartochkalarining narхi oʻzgarmaydi.
Eslatib oʻtamiz, 15 avgustdan boshlab quyidagilarga tariflar oshdi:
- benzin va dizel yoqilgʻisi;
- iste’molchilarning barcha guruhlari uchun elektr energiyasi;
- aholiga maishiy iste’mol uchun beriladigan tabiiy gaz va suyultirilgan gaz;
- issiq suv ta’minoti va isitish.