Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

1 iyuldan 200 va 500 soʻmlik banknotlar muomaladan qaytarib olinadi

18.06.2020

Rus tilida oʻqish

Markaziy bankning Telegram-kanalida eslatib oʻtilishicha, Markaziy bankning eski namunadagi 50, 100 soʻmlik qiymatdagi tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 3014, 19.05.2018 y.) muvofiq 2020 yil 1 iyuldan quyidagilar qonuniy toʻlov vositasi sifatida oʻz kuchini yoʻqotadi:

 

  • 1997 yil namunasidagi 200 soʻmlik banknotlar;
  • 1999 yil namunasidagi 500 soʻmlik banknotlar.

 

Ushbu eski namunadagi pul belgilari 2020 yil 1 iyulga qadar barcha tijorat banklar boʻlinmalarida qabul qilinadi, ushbu sanadan keyin esa Markaziy bankning Bosh hududiy boʻlinmalarining hisob-kitob-kassa markazlarida bevosita muomalada boʻlgan banknotlarga almashtirib beriladi.

 

Shu munosabat bilan MB eski namunadagi 200 va 500 soʻmlik banknotlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularni belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga ayirboshlash mumkinligini eslatib oʻtadi.