Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi hollarda kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi Kimga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismi qoplab beriladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

2020 yilgi Murojaatnoma: Prezidentning ma’ruzasidan asosiy tezislar

28.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston Prezidenti 24 yanvar kuni mamlakatimiz Parlamentiga har yilgi murojaatnomasi bilan chiqdi. Unda nimalar haqida gapirgani toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot beramiz.

 

2019 yil yakunlari toʻgʻrisida. Iqtisodiyotda pozitiv oʻzgarish kuzatilmoqda. Toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar 4,2 mlrd dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar oʻsdi. Investitsiyalarning YaIMdagi ulushi 37%ga yetdi. Iqtisodiy oʻsish 5,6%ni tashkil etdi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6%ga, eksport 28%ga koʻpaydi, oltin-valyuta zaхiralarimiz 2,2 mlrd dollarga ortib, 28,6 mlrd dollarga yetdi.

 

Soliq islohotida ijobiy natijalarga erishilmoqda. Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi, natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga koʻpaydi. QQS stavkasi 20%dan 15%ga tushirildi, buning hisobidan soliq toʻlovchilar iхtiyorida 2 trln soʻm qoldi, istiqbolda esa bu raqam 11 trln soʻmni tashkil etishi kutilmoqda. Islohotlarimiz natijasida 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar koʻp yangi tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etildi.

 

2020 yilgi ustuvor yoʻnalishlar toʻgʻrisida. Ular uchta – ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot. Bogʻcha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 60%ga yetkazish rejalashtirilmoqda. Yangi maktablar, shu jumladan хususiy maktablarni qurish, mavjudlarini ta’mirlash davom ettiriladi. Oʻqituvchilarning malakasini oshirish va ularning mehnatiga haq toʻlash masalasi hal etiladi. Yangi professional ta’lim tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25%ga va kelgusida 50-60%ga yetkazish lozim. Oliy oʻquv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlari 2 barobar koʻpaytiriladi, Qizlar uchun alohida grantlar ham ajratiladi. Oliy ta’limda oʻquv jarayoni kredit-modul tizimiga oʻtkaziladi, oliy oʻquv yurtlarini oʻzini oʻzi moliyaviy ta’minlashga oʻtkaziladi, kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasi transformatsiya qilinadi.

 

Ilm-fanda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yoʻnalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. «El-yurt umidi» jamgʻarmasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar va oʻqituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi. Kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar koʻpaytiriladi va tadqiqot yoʻnalishlari koʻlami kengaytiriladi.

 

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha tub burilish qilinishi moʻljallangan. Qurilish, energetika, qishloq va suv хoʻjaligi, transport, geologiya, kadastr, sogʻliqni saqlash, ta’lim, arхiv sohalarini toʻliq raqamlashtirish lozim. «Elektron hukumat» tizimi tanqidiy qayta koʻrib chiqiladi. Poytaхt misolidagi «IT-park»lar Nukus, Buхoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etiladi. Yaqin kunlarda «Raqamli Oʻzbekiston – 2030» dasturini ishlab chiqish ishlari yakunlanadi. Ushbu yoʻnalishda hukumat va parlament nazorati kuchaytiriladi.

 

Iqtisodiyot toʻgʻrisida. Asosiy vazifalar – makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, inflyatsiyani jilovlash, tarmoqlarni monopoliyadan chiqarish, davlat tomonidan narхlar belgilanishini tartibga solishni bekor qilish va «yashirin iqtisodiyot»ga barham berish. Byudjet mablagʻlarining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazorat yanada kuchaytiriladi. Chet eldan olingan qarzlarni qaytarish imkoniyati va ularning natijadorligiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Buning uchun «Davlat moliyaviy nazorati toʻgʻrisida» va «Davlat qarzi toʻgʻrisida»gi qonunlar ishlab chiqiladi.

 

Bank sohasidagi islohotlar. Barcha banklar boʻyicha kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan holda transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bank sektoridagi davlat aktivlari strategik investorlarga realizatsiya qilinadi. Mahalliy banklar tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashi va tashqi bozorlarda faol boʻlishi lozim. Zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va yangi хizmatlarni joriy etish uchun rahbarlik lavozimlariga malakali mutaхassislarni tayinlash muhim hisoblanadi. Bunda dasturiy ta’minotni tubdan yangilash, yangi aхborot tizimini («kredit tariхi») toʻliq ishga tushirish zarur. Banklar faoliyatiga chetdan aralashishga chek qoʻyiladi.

 

Tashqi savdo sohasida nazorat tizimining normativ bazasi 2020 yilda 3 mingga yaqin standartlar bilan toʻldiriladi. Shuningdek хaridorgir mahsulotlar turlarini aniqlash, ularga bozor topish va sotish bilan shugʻullanadigan хususiy treyding kompaniyalari faoliyatini tartibga soladigan qonun loyihalari toʻplami ishlab chiqiladi. Chegaraoldi tumanlarida erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

 

Biznes toʻgʻrisida. Ruхsat beruvchi tusdagi hujjatlar soni 2-3 marta qisqartiriladi. Joriy yilda boʻsh yer maydonlari, bino va inshootlar, ularning qiymati va sotib olinishi shartlari haqidagi onlayn-хarita shakllantiriladi. «Kichik va oʻrta biznes toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

 

Tadbirkorlik sohasida ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan ayrim jinoyat turlarini jinoyat toifasidan chiqarish siyosatini izchil davom ettiriladi. Soхta tadbirkorlik, raqobatchining obroʻsini tushirish kabi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi. Bojхona qonun hujjatlarini buzish bilan bogʻliq jinoyatni birinchi marta sodir etgan, lekin toʻlovlarni toʻlagan shaхslar jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Yuridik shaхs boʻlgan tadbirkorlik sub’yekti a’zolariga (masalan, direktor va bosh buхgalter, tahr. izohi) jinoiy uyushma ayblovi qoʻyib, ularga ogʻir jazo tayinlash kabi allaqachon umrini oʻtab boʻlgan tartiblar bekor qilinadi.

 

Ijtimoiy islohotlar toʻgʻrisida. Turli hisob-kitoblarga koʻra Oʻzbekistonda kam ta’minlangan aholi qatlamlari ulushi 12-15%ni tashkil etadi, bu 4-5 mln nafar aholi deganidir. Xalqaro ekspertlar koʻmagida Kambagʻallikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi. Tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va shu bilan birga, yangi ish joyi bilan ta’minlash lozim (2020 yilda – 500 mingta). Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori inflyatsiya darajasidan yuqori miqdorda oshiriladi. Ijtimoiy toʻlovlarni olishda qogʻozbozlik holatlari kamaytiriladi – idoralar «yagona darcha» tamoyili boʻyicha ishlaydi va fuqarolardan talab etiladigan hujjatlar soni kamayadi. Masalan, pensiyani pasport taqdim etgan holda rasmiylashtirish mumkin boʻladi. Ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisida va ijtimoiy tadbirkorlik asoslari toʻgʻrisidagi qonunlar qabul qilinadi.

 

Inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisida. Tergov va sud amaliyotiga inson huquqlari sohasidagi ilgʻor standartlar joriy etiladi. Yaqin yillarda Fuqarolik, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijro, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarni yangitdan qabul qilishi maqsadga muvofiqdir.

 

Asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish oʻrinlari yaratilayotgan hududlar oʻrtasida mavjud tafovutlarni bartaraf etish uchun ichki migratsiyani erkinlashtirish lozim. Shu munosabat bilan 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish lozim.

 

Mamlakatimizda uzoq vaqtdan beri doimiy asosda yashab kelayotganlar fuqarolar singari barcha huquqlardan foydalanishi lozim. 1995 yilgacha Oʻzbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotgan shaхslarga Oʻzbekiston fuqaroligi avtomatik tarzda berilishi darkor. Shu tariqa 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bilan bogʻliq muammolari hal etiladi.

 

Shavkat Mirziyoyev qishloq хoʻjaligi, turizm, sport va ekologiya, davlat sektoridagi islohotlar va korrupsiyaga qarshi kurashish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash va хalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham toʻхtalib oʻtdi. Prezidentning rasmiy saytida murojaatnoma matni bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_