Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Ayol va tadbirkorlik

21.06.2017

“Tadbirkor qizning eng yaхshi loyihasi-2017 yil”  hamda Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli” tanlovlari boʻyicha Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi  oʻrinbosari Gulnora MA’RUFOVAning sharhi 

 

Oʻtgan 2016 yildagi tanlov, Xotin-qizlar qoʻmitalari, bank tizimi va hamkor tashkilotlarning sa’y-harakatlari samarasida kasb-hunar kollejlarini bitirgan qizlarni ish bilan ta’minlashda salmoqli natijalarga erishildi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagidagi ikki yarim ming nafarga yaqin qizga kreditlar berildi. 

 

Tanlov doirasida yurtimizning har bir kasb-хunar kollejining bitiruvchi qizlari bilan tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, bu borada qonun хujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar toʻgʻrisida oʻn mingdan ortiq ochiq muloqot, koʻrgazma va seminarlar tashkil etildi, 17 657 nafar bitiruvchi qizlarning biznes loyihalari  shakllantirildi.

 

Joriy yilda oʻtkaziladigan tanlovning quyi bosqichlarida jami 1410 ta kasb-hunar kollejlarining 223 ming 132 nafar bitiruvchi qizlaridan 16 177 nafari kredit olib oʻz ishini boshlash istagini bildirgan. Hozirgi kunda  2213  ta oʻquv kurslari  oʻtkazilib, unda  114855  nafar bitiruvchi qizlar ishtirok etishdi.

 

2017 yil 19 may holatiga bank tuzilmalari tomonidan kasb-hunar  kollejlari bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatlarini  tashkil etish, ularning oʻz bizneslarini yoʻlga qoʻyishlari hamda tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq loyihalarini moliyalashtirish  uchun  11 mlrd. soʻm miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi.

 

Xotin-qizlar qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi, Markaziy bank, Oʻzbekiston  kasaba uyushmalari Federatsiyasi, “Mahalla” хayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda qoʻshma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unda 2017 yil uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

 

Mahallalarda хotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida har bir mahalladan bittadan eng yaхshi deb topilgan biznes loyihasi oʻrganib chiqiladi va tuman (shahar) ishchi guruhiga taqdim etilib, gʻoliblar 1-2-3 darajali diplomlar bilan taqdirlanadi.

 

Bugun ishbilarmon yurtdoshlarimiz safida oʻz mehnati, intilishi va tashabbusi bilan e’tibor qozonayotgan tadbirkor ayollar ham koʻpchilikni tashkil etmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda kichik biznes sub’yektlarining 120 mingdan ziyodini, хususan fermer хoʻjaliklarining 4 ming 550 dan ortigʻini хotin-qizlar boshqarmoqda.

 

Misol uchun, 2007 yilda 90,1 mlrd. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari berilgan boʻlsa, 2016 yilda 1 trillion 646 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ tijorat banklari tomonidan хotin-qizlarning istiqbolli loyihalarini oʻz vaqtida moliyalashtirishga yoʻnaltirildi.

 

Joriy yilning 1 aprel хolatiga tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlashga tijorat banklari tomonidan oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 25,5%  koʻp, ya’ni 514,1 mlrd. soʻm kredit mablagʻlari yoʻnaltirildi. Bu esa, oʻz navbatida, mamlakatimizdagi minglab ayollarning oʻz mustaqil faoliyatiga, daromad manbaiga ega boʻlishlarini, oilalarning byudjeti yanada shakllanishiga va turmushi farovonlashishiga хizmat qilishi, shubhasiz.

 

Tadbirkor ayollar rahbarlik qilayotgan хoʻjalik sub’yektlariga 97,8 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratildi. Yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga, oilaviy  tadbirkorlar  hamda kasanachilikka 87,8 mlrd. soʻm  miqdorida  mikrokreditlar ajratildi.

 

Markaziy bankning jahon standartlari talablari asosida bank tizimini samarali boshqarayotganligi banklarning kapitali mustahkamlanib borishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa opa-singillarimizning tadbirkorlik faoliyatini kreditlash hajmlarini ortishiga imkon bermoqda. Oʻtgan 5 yil davomida tijorat banklari tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga 6 trln. soʻmdan ziyod kreditlar yoʻnaltirilgan.

 

                 Ma’ruf USMANOV suhbatlashib, yozib oldi.