YaIDXPda «Arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyani qayta rasmiylashtirish» interaktiv хizmati ishga tushirildi.
Xizmat Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan koʻrsatiladi.
Arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga (bundan keyin – Nizom) muvofiq, litsenziyani qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda;
- yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda;
- litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻхtatilgan taqdirda.
Xizmatdan foydalanish uchun YaIDXPda Yagona identifikatsiyalash tizimi (OneID) orqali avtorizatsiyalanish lozim. Hisobga olish yozuvi toʻgʻriligiga ishonch hosil qilish uchun foydalanuvchi OneID tizimida akkauntni tasdiqlashi zarur.
Bunda EKIHning 50%i miqdorida yigʻim toʻlanadi (Nizomning 12, 23-bandlariga qarang), material e’lon qilingan sanada u 101 365 soʻmni tashkil etadi.
Tartib-taomil litsenziyalovchi organ tomonidan ariza olingan kundan boshlab 5 kun mobaynida amalga oshiriladi.