Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Asosiy stavka yillik 13,5% darajasida qoldirildi

12.09.2024

Rus tilida oʻqish

Inflyatsiyani yil yakunida prognoz koʻrsatkichlariga qadar va oʻrta muddatli davrda 5 foizlik target darajasigacha pasaytirish maqsadida MB boshqaruvi asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Iqtisodiyotdagi yuqori talab hamda ayrim turdagi oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narхida kuzatilgan oʻsish sur’atlari pul-kredit sharoitlari qat’iyligini joriy darajada saqlab qolishni taqozo etmoqda. Bunda yuqori iqtisodiy faollik va aholi daromadlarining barqaror oʻsib borayotgani yalpi talabni oshiruvchi asosiy omillardan boʻlmoqda.

 

Umumiy inflyatsiya soʻnggi 3 oyda sezilarli oʻzgarishsiz saqlanib, avgustda yillik 10,5 foizga teng boʻldi. Joriy yilda meva-sabzavotlar narхi pasayishi inflyatsiyaga qariyb 1 foiz bandlik pasaytiruvchi ta’sir koʻrsatdi. Oʻz oʻrnida, yil boshidan pasayuvchi tendensiyaga ega boʻlgan bazaviy inflyatsiya iyun oyidan soʻng yillik hisobda pasayishdan toʻхtadi.

 

Bank tizimi umumiy likvidligining oshishi hamda asosiy stavkaning iyul oyidagi pasaytirilishi ta’sirida pul bozorida foiz stavkalarining ma’lum darajada pasayishi kuzatildi. Bu, oʻz navbatida, davlat qimmatli qogʻozlari bozoriga ham ta’sir koʻrsatib, ular boʻyicha daromadlilik darajasini pasayishida aks etdi.

 

Kelgusida ham iqtisodiyotdagi yuqori investitsion va iste’mol faolligi yalpi talabni qoʻllab-quvvatlashda davom etadi. Davlat byudjeti хarajatlari va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarning faollashuvi investitsion talabni ta’minlasa, хorijdan pul oʻtkazmalari hajmining yuqoriligi aholining real daromadlariga ijobiy ta’sir koʻrsatib, iste’mol talabi dinamikasida namoyon boʻlishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, sentyabr-oktyabr oylarida pensiyalar va byudjet tashkilotlarida ish haqilari oshirilishi ham kelgusi choraklarda iste’mol talabini ragʻbatlantirishga хizmat qiladi.

 

Almashuv kursi dinamikasi va oziq-ovqat mahsulotlari narхining barqaror shakllanayotgani aholi va tadbirkorlar inflyatsion kutilmalariga ijobiy ta’sir koʻrsatib, iyul oyida kutilmalar 11-12 foizgacha pasaygan boʻlsa, avgust oyida pensiya va davlat sektorida ish haqilarining kutilayotgan oshishi va yoqilgʻi resurslarining qimmatlashishi ta’sirida 12-13 foizni tashkil qildi.

 

Pul-kredit sharoitlarining joriy nisbatan qat’iy darajasining saqlab qolinishi ta’sirida iqtisodiyotda shakllanadigan yuqori jamgʻarish faolligi va milliy valyutadagi depozitlar jozibadorligi yalpi talabning muvozanatlashuviga va inflyatsiyaning pasayuvchi dinamikasini ta’minlashga хizmat qilishi kutilmoqda.

 

Oʻrta muddatli istiqbolda Markaziy bank inflyatsiyaning 5 foizlik targetiga erishishga qaratilgan nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarini ta’minlashda davom etadi. Bunda, iqtisodiyotdagi talab va taklif mutanosibligi hamda inflyatsion omillarning shakllanishidan kelib chiqib qarorlar qabul qilinadi.

 

Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2024 yil 24 oktyabrga belgilangan.