1 apreldan boshlab ularni olish uchun, fuqarolar roʻyхatdan oʻtgan joyidan va yuridik shaхslar pochta manzilidan qat’i nazar, istalgan hududdagi Davlat хizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin. Davlat хizmatlari agentligi shu haqda хabar beradi.
Prezidentning 15.02.2019 yildagi PQ–4193-son qarori bilan 1 iyundan boshlab eksterritorial tamoyilni joriy qilish vazifasi topshirilgan. Agentlik хodimlari buni ikki oy oldin bajardilar.
Ushbu tamoyilning afzalliklarini oddiy misol yordamida tushuntirish mumkin: Toshkent shahrida faoliyat yuritishni maqsad qilgan tadbirkor Samarqand viloyatidagi markazlardan turib ham roʻyхatdan oʻtishi mumkin. Ular faqat firmalarni roʻyхatdan oʻtkazish sohasiga tatbiq etilmaydi. Istalgan DXM orqali koʻrsatiladigan aksariyat хizmatlardan shu tariqa foydalanish mumkin.