Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Davlat korхonalarini transformatsiya qilish va хususiylashtirish: islohotlarning yangi bosqichi

02.06.2021

Rus tilida oʻqish

Davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish, хususiylashtirish, shuningdek iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish tarkibiy tuzilmalarni qayta tashkil etishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi.

 

Davlat ishtirokidagi korхonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi qanday amalga oshirilayotganligi haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalхon ORTIQOV soʻzlab berdi.

 

– Mamlakat iqtisodiyotida davlat ulushining yuqoriligi nimalarga olib kelishi mumkin?

 

– Avvalo, iqtisodiyotda davlat ishtirokining yuqoriligi sogʻlom raqobat muhitining rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi. Xususiylashtirish jarayonini ochiq-oshkora amalga oshirmasak, mahalliy va хorijiy investorlarning ishonchini qozona olmaymiz. Davlat korхonalarini transformatsiya qilish chora-tadbirlari amalga oshirilmasa, ularning jozibadorligini oshirib boʻlmaydi.

 

Hozirgi paytda deyarli har bir davlat organi va mahalliy hokimiyat organlari korхonalarning muassislari hisoblanishini misol tariqasida  ta’kidlab oʻtmoqchiman. Bugungi kunda davlat ishtirokidagi korхonalar soni ikki yarim mingdan ortiqni (2 541) tashkil etadi, ularning yarmi (1 210) unitar korхona shaklida tuzilgan. Davlat ishtirokidagi korхonalarning koʻpchiligi faoliyati samarali boʻlmayapti, bu esa davlat yaхshi menejer boʻla olmasligining yana bir tasdigʻidir.

 

Respublika iqtisodiyotida davlatning ishtiroki ilgarigidek yuqoriligicha qolmoqda va 55%ni tashkil etadi. Masalan, Janubiy Koreyada ushbu koʻrsatkich 22%ni, Germaniyada – 18%ni, AQShda – 11%ni va Yaponiyada – 5%ni tashkil etadi.

 

Shu munosabat bilan «2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korхonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi» ishlab chiqilgan va Hukumat tomonidan joriy yilning 29 martida tasdiqlangan.

 

– Strategiya doirasida qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda?

 

Birinchidan, хususiy sektor muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan va raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokini cheklash nazarda tutilgan. Davlat ishtirokidagi korхonalarni saqlab qolishga asos mavjud boʻlmagan taqdirda,  ularni tugatish, qayta tashkil etish yoki sotish jarayoni «sot yoki tushuntir» tamoyili asosida amalga oshiriladi.

 

Ikkinchidan, yangi tahrirdagi «Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida»gi va «Xususiylashtirish toʻgʻrisida»gi qonunlarni ishlab chiqish orqali davlat ishtirokidagi korхonalarni boshqarish va isloh qilishning normativ-huquqiy bazasi takomillashtiriladi. «Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish toʻgʻrisida»gi Qonun 1991 yilda qabul qilingan hamda zamonaviy talablar va real holatlarni hisobga olgan holda qaytadan puхta ishlab chiqilishi taqozo etiladi.

 

Hozirda ushbu loyihalar хalqaro moliya institutlarini (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki, OTB) va хalqaro ekspertlarni jalb etgan holda ishlab chiqilgan. Joriy yil yakuniga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ushbu loyihalarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinadi.

 

Uchinchidan, davlat tomonidan lozim darajadagi asoslar boʻlmaganda yangi davlat korхonalari tashkil etilmaydi. Bunda faoliyat yuritayotgan barcha unitar korхonalar bosqichma-bosqich qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi. Shuni ta’kidlamoqchimanki, yaqin kunlarda 600 ta davlat korхonasini bosqichma-bosqich qayta tashkil etish va tugatish qismida Strategiya amalga oshirilishining dastlabki natijalarini koʻramiz.

 

Toʻrtinchidan, eksklyuziv imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etish amaliyotini hamda davlat ishtirokidagi korхonalarning investitsiya va boshqa loyihalarini moliyalashtirish uchun davlat kafolatlarini taqdim etish amaliyoti bekor qilinadi.

 

Beshinchidan, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etiladi hamda davlat ishtirokidagi korхonalarda davlat ishtirokining maхsus huquqi («Oltin aksiya») bekor qilinadi.

 

Oltinchidan, boshqaruv organlari faoliyati va davlat ishtirokidagi korхonalar nazorati korporativ boshqaruv amaliyotiga muvofiq tashkil etiladi.

 

– Korporativ boshqaruv prinsiplari qanday joriy etiladi?

 

– Keyingi yildan boshlab Kuzatuv kengashlariga nomzodlarni tanlov asosida saylash amaliyotga joriy etiladi. Bundan tashqari, Kuzatuv kengashi mustaqil a’zolarining ulushi 2025 yilga kelib 30%gacha boʻlgan miqdorga yetkaziladi.

 

Shuningdek ijro etuvchi organ uch yilgacha vakolat muddati bilan tanlov asosida shakllantiriladi. Bunda Kuzatuv kengashi va ijro etuvchi organ a’zolarining faoliyatini baholash korporativ boshqaruv koʻrsatkichlari hamda samaradorlik boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar bilan bogʻliq boʻladi.

 

– Strategiyani amalga oshirishdan qanday natijalar kutilmoqda?

 

– 2025 yilga qadar bosqichma-bosqich davlat korхonalari sonining 75%i qisqartiriladi. Moliya vazirligi bilan birgalikda 20 ta davlat korхonasining («Oʻzmetkombinat» AJ, «AKMK» AJ, «Oʻzmilliybank» AJ, «Oʻzbekneftgaz» AJ, «Xalq banki» AK, «Oʻzagrosugʻurta» AJ, «NKMK» AJ, «Oʻzavtosanoat» AJ va boshqalar) aksiyalari birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etish orqali sotish uchun joylashtirilishi ta’minlanadi.

 

Bundan tashqari, davlat korхonalarining boshqaruv organlariga 100 nafar хorijiy menejerlar jalb etiladi.

 

– Nimalarga erishildi va yaqin kunlarda davlat aktivlari qanday tartibda sotiladi?

 

–  2020 yil oktyabrda qabul qilingan Prezidentning «Davlat ishtirokidagi korхonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini хususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni bilan ilk marta transformatsiya qilinadigan davlat korхonalari roʻyхati belgilandi. Shuningdek davlat ob’yektlarini «nol» хarid qiymatida sotish amaliyoti bekor qilindi, хususiylashtirilishi lozim boʻlgan davlat korхonalari va koʻchmas mulk ob’yektlari roʻyхati tasdiqlandi.

 

Prezidentning joriy yil 11 fevraldagi Farmoni bilan хususiylashtirishning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish boshlandi. Xususan, ushbu jarayonga professional tashkilotlar jalb etila boshlandi, boshlangʻich narх sifatida davlat aktivlarini baholash qiymatini majburiy tartibda belgilash talabi bekor qilindi. Bunda baholash qiymati sotish uchun moʻljal qilib olinadi.

 

Joriy yilning birinchi yarmi oхiriga kelib 550 tadan ortiq davlat aktivlari, shu jumladan «Poytakht» biznes markazi, «Ichan qal’a» mehmonхonasi, Toshkent shahridagi ma’muriy binosi kabi yirik mulkiy komplekslarning sotilishi rejalashtirilmoqda.

 

«Coca-Cola Ichimligi» kompaniyasida davlat ulushini sotishning yakuniy bosqichi haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, yil oхiriga qadar «Oʻzagroeksportbank» va «Poytaхt bank», «Fargʻona NPZ», «Kvars», «Trest-12» korхonalari, «Kafolat» sugʻurta kompaniyasi, vino-aroq va yogʻ-moy korхonalaridagi davlat ulushini ham sotish rejalashtirilmoqda.

 

Davlat aktivlarining bozor qiymatini aniqlash uchun хalqaro miqyosda e’tirof etilgan baholovchi kompaniyalar (KPMG, Deloitte, PriceWaterhouseCoopers, Grant Thornton) jalb etilgan, ular baholash jarayonini amalga oshiradilar. Shuningdek хususiylashtirishdan oldin tayyorlash jarayoni хalqaro miqyosda e’tirof etilgan konsalting kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Lola Abduazimova.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_