Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Markaziy bankning 14 foiz asosiy stavkasi qaysi sanadan qoʻllaniladi Teхnopark rezidenti foizsiz qarz olganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi EHF reyestrlari qanday toʻldiriladi

Deputatlar yangi qonun loyihalarini qabul qildilar

23.06.2020

Rus tilida oʻqish

 

23 iyun seshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

 

Dastavval deputatlar tomonidan majlis oʻtkazish tartibi hal etildi. COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan 16 aprel kuni tasdiqlangan yalpi majlislarni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishning vaqtinchalik reglamentiga tuzatish kiritildi. Endi parlament a’zolari tomonidan masofaviy rejimda konstitutsion qonunlar qabul qilinishi, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

 

Soʻngra qonun loyihalari muhokama qilindi. Ular qatorida quyidagi oʻzgartirishlar nazarda tutilgan tuzatishlar ham bor:

 

  • MJTKga – ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytiriladi, tabiatni muhofaza qilish organlarining davlat inspektorlariga Davlat ekologiya qoʻmitasi nomidan ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jarimalar solish huquqi beriladi;

 

 

 

«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi va «Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida»gi qonunlarga, shuningdek IPKga – aksiyalarning 1%iga egalik qiluvchi aksiyadorga boshqaruv organlari harakatsizligi oqibatida kompaniyaga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqi beriladi. Bundan tashqari, jamiyat va affillangan shaхslar oʻrtasida tuzilgan bitimlar haqidagi ma’lumotlar bitim tuzilgan vaqtdan e’tiboran 72 soat mobaynida oshkor etilishi shart boʻladi.